Saudiya Arabistoni "Ko'rfaz Kubogi" finaliga chiqdi
07 dek 2019 06:49
Yangiliklar


Saudiya Arabistoni "Ko'rfaz Kubogi" finaliga chiqdi
Qatarda bo'lib o'tayotgan "Ko'rfaz Kubogi" musobaqasining finalchilari malum bo'ldi.
JCH-2022 saralashdagi raqibimiz Saudiya Arabistoni yarim finalda Qatarni 1:0 hisobida mag'lub etib finalga yo'l oldi. Uchrashuvdagi yagona gol Abdulla Al Hamdan tomonidan kiritildi.
Ikkinchi yarim final Iroq va Bahrayn o'rtasida kechib, bunda 2:2 hisobi qayd etildi. SHundan so'ng navbat penaltilar seriyasiga berildi va Baharyn terma jamoasi 5:3 hisobida zafar quchdi. 8 dekabr kuni bo'lib o'tadigan final o'yinida Saudiya Arabistoni Bahraynga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar
23:31
Germanaiya kubogi finali. "Arminiya" va "Shtutgart" o'zaro bahs olib bormoqda (onlayn hisob) 0

Fikrlar