Saudiya Arabistoni – JCHning sakkizinchi ishtirokchisi!
06 sen 2017 00:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/276202_original.jpg)
![](/upload/storage/276202_220.jpg)
Saudiya Arabistoni – JCHning sakkizinchi ishtirokchisi!
Hamyurtimiz
Valentin Kovalenko boshqarib borgan bellashuvning 63-daqiqasida Yahyo Al SHehri
tomonidan kiritilgan yagona gol saudiyaliklarni Rossiyaga yo'llanma olishlar uchun
etarli bo'ldi.
Ushbu g'alabada keyin gollandiyalik mutaxassis Van Merveyk boshqarayotgan terma
jamoa ochkolari sonini 19 taga etkazdi. Ular to'plar nisbatidagi ijobiy ko'rsatkich
tufayli Avstraliyani ortda qoldirib, guruhda ikkinchi o'rinni band etishdi.
Endi pley off bellashuvlarida Suriya va Avtraliya termasi JCH yo'llanmasi uchun yurishlarini davom ettirishadi.
Saudiya Arabistoni terma jamoasi esa Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya va Janubiy Koreyadan keyin sakkizinchi bo'lib JCH-2018 yo'llanmasini qo'lga kiritgan jamoaga aylandi.
![](https://championat.asia/upload/storage/276203_680.jpg)
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar