Saudiya Arabistoni hujumchisi MYUda shug'ullanadi
29 mar 2018 16:40
Yangiliklar
Saudiya Arabistoni hujumchisi MYUda shug'ullanadi
Saudiya Arabistoni terma jamoasi va "Al-Nasr" hujumchisi Al Sahlavi "Manchester Yunayted"da shug'ullanish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Islom birdamlik sport federaciyasi prezidenti Turki Al-SHayxning so'zlariga ko'ra, hujumchi ingliz grandida 3 hafta mashg'ulot o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni JCH-2018da "A" guruhidagi Rossiya, Urugvay hamda Misr terma jamoalari bilan keyingi bosqichga chiqish uchun kurashadi.
Fikrlar