Ronalduning jarohati bo'yicha tafsilotlar
02 mar 15:33
Yangiliklar
Ronalduning jarohati bo'yicha tafsilotlar
Mehmonlar hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'yinni asosiy tarkibda boshladi, ammo uchrashuvni oxiriga etkaza olmadi.
Portugaliyalik futbolchi 81-daqiqada o'ng oyog'idagi muammo sabab almashtirildi. Futbolchining keyingi uchrashuvda qatnashishi hozircha so'roq ostida.
O'yin davomida u penaltidan ham unumli foydalana olmadi — zarbasi darvozadan chetga ketdi. Shunga qaramay, "Al Nassr" ustunlikni saqlab qolib, o'yinni g'alaba bilan yakunladi va uch ochkoni qo'lga kiritdi.
"Al Nassr Zone"ning xabar berishicha, Ronaldu tizzaosti payini shikastlab olgan. Dastlabki malumotlarga ko'ra, agar bu oddiy cho'zilish bo'lsa, tiklanish 3-5 kun vaqtni oladi. Eng yomon scenariyda — agar mushak uzilishi aniqlansa, futbolchi 2 hafta yoki undan ham ko'proq muddatni o'tkazib yuboradi.
Ar-Riyod jamoasi keyingi o'yinni 4 mart kuni safarda "Al Vasl"ga qarshi o'tkazadi. Ronalduning ushbu bahsda ishtirok etishi hozircha nomalum.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Кападзе "Навбаҳор"даги дебютида Самарқандда "Динамо"ни енгди
Суперлига. Амалдаги чемпион "Нефтчи" ўз уйида "Машъал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Суперлига. Шаланинг сўнгги дақиқаларда урган голи "Насаф"га ғалаба тақдим этди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Вильярреал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ямалдан хет-трик
Fikrlar