Satton: "Brunu Fernandesh sardor bo'lmasligi kerak"
21 avg 2023 22:46
Yangiliklar
Satton: "Brunu Fernandesh sardor bo'lmasligi kerak"
"CHelsi" sobiq hujumchisi Kris Sattoning fikricha, MYU "Tottenxem"ga hakamlar tufayli mag'lub bo'lmagan.
APLning 2-tur o'yinidan so'ng Brunu Fernandesh "Yunayted" birinchi bo'limda penalti tepishi kerakligi haqida gapirgan edi.
"Hakam aybdor emas. Brunu birinchi navbatda o'zi va jamoasi bilan shug'ullanishi, keyin esa hakamlar va ularning qarori haqida o'ylashi kerak.
Menimcha, Fernandesh jamoa sardori bo'lmasligi lozim, aniq. U etakchi emas.
Agar sen sardor bo'lsang masuliyatni bo'yningga olishing kerak. MYU dastlabki ikki turda xayrlashuv uchrashuvini o'tkazayotgan terma jamoadek ko'rindi. Ular mavsumoldi yig'inlarida qolib ketgandek tasavvur uyg'otishyapti. Brunu hakamlarni ayblayvermay, o'zining etakchilik qobiliyatlarini ko'rsatishi lozim" - deydi "CHelsi" sobiq forvardi Satton.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar