"Sassuolo" yangi bosh murabbiyini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
16 iyun 2021, 23:10
"Sassuolo" o'z rasmiy saytida yangi bosh murabbiyni ma'lum qildi.

Unga ko'ra, yangi mavsumda jamoani Alessio Dionisi boshqaradi. Tomonlar 2 mavsumlik shartnoma borasida kelishib oldi.

Dionisi "Sassuolo"dan "Empoli"da ish boshlagandi. Uning qo'l ostida jamoa 2021/22 yilgi mavsum oldidan A Seriyaga yo'llanma oldi.

U o'tgan mavsum jamoani boshqarib, yaqindagina "Shaxtyor"da ish boshlagan Roberto De Dzerbining o'rnida ishlaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/SassuoloUS