Sarvarjon Xolmatov: Tatilga yaxshi kayfiyatda chiqmoqchimiz
01 iyu 2016 12:23
Yangiliklar
Sarvarjon Xolmatov: Tatilga yaxshi kayfiyatda chiqmoqchimiz
Uchrashuv oldidan navoiyliklar yarim himoyachisi Sarvarjon Xolmatov fikrlari bilan qizidik.
- CHempionatni yomon boshlamagandik, - deydi Sarvarjon Xolmatov. - Afsuski, oxirgi tur o'yinlarini bir tekis o'tkaza olmadik. Ayrim muhim bahslarda o'z maydonimizda raqiblarga zarur ochkolarni ulashdik. Ammo shunga qaramay, mavsum oralig'idagi tatilga yaxshi kayfiyatda chiqishni istaymiz.
Raqibimiz - “So'g'diyona” jamoasi uy uchrashuvlarini shiddatli va yuqori kayfiyatda o'tkazishini yaxshi bilamiz. Jizzaxliklar bu yilgi mavsumni har doimgidan-da hujumkor ruhda o'tkazishayotganini barcha ko'rib, bilib turibdi. SHu bois, navbatdagi turga puxta tayyorlandik. Safarda o'ynashimizga qaramay, chiroyli futbol namoyish etib, ijobiy natijani qo'lga kiritish uchun maydonga tushamiz.
“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.
Fikrlar