So’nggi yangiliklar

02:00АПЛ. "Манчестер Сити" "Борнмут"ни мағлубиятга учратиб, ЕЧЛ йўлланмасини деярли ҳал қилди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  31 00:35Эмилиано Мартинес икки топ-клуб қизиқишлари доирасида  2 00:13"Атлетико" президенти 3-ўрин ҳақида: "Бу фалокат!"  10 23:45"Барселона" асосий трансфер мақсадини белгилаб олди  10 23:19Анге Постекоглу: "МЮ футболчиларининг бундай катта ўйинга қандай тайёрланишини билмаймиз"  1 22:55Родригога Англиядан харидор чиқди  2 22:31ОФК клублар рейтинги янгиланди. Ўзбекистон ўз ўрнида қолди  12 22:06"Барселона" ҳимоя етакчиларидан бири билан шартномани узайтирмоқчи  2 21:40"Милан"нинг ЕЧЛга чиқа олмагани клубга бир неча ўн миллион еврога тушади  5 21:14"Рома"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  6 20:48Португалия термаси Миллатлар Лигаси ярим финали учун қайдномасини эълон қилди  5 20:24Мавсумнинг энг яхши дарвозабонлари рейтинги тузилди. АПЛ ва Лига 1 вакиллари етакчилик етакчилик қилмоқда  0 20:02Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Хоразм ФА"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, "Цементчи"га техник мағлубият ёзилди  4 19:06Лига 1 2024/25 йилги мавсуми рамзий жамоаси эълон қилинди  2 18:41Тошкентда ютган мураббий ва футболчи, мавсумдаги илк ғалабага эришган посбон, "Жар"да супергол урган футболчи — Суперлигада 10-турнинг энг яхшилари  2

Sarvarjon Jo'raev: "Jamoam bilan yuqori natijalarga erishish mening maqsadim” Yangiliklar

Sarvarjon Jo'raev: "Jamoam bilan yuqori natijalarga erishish mening maqsadim”

Oliy liganing 20-tur doirasida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi Farg'onaning “Neftchi” klubini qabul qiladi.
Ushbu o'yindan oldin jizzaxliklar himoyachisi, ko'plab muxlislarning olqishiga sazovor bo'lgan Sarvarjon Jo'raev bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- Mavsum boshidan “So'g'diyona” jamoasi safida to'p tepayapsiz.  Ushbu jamoaga kelib o'z oldizga qanday maqsad ko'ygan edingiz?
- Har bitta futbolchi qaysi jamoada bo'lmasin o'z oldiga maqsad qo'yadi va o'z jamoasiga foydasi tegishini xohlaydi.“So'g'diyona ” ga  kelib,men ham o'z oldimga xuddi shunday maqsad qo'yganman. Imkon qadar ko'proq g'alabalar va yuqori natijalarga erishish asosiy maqsadimdir.

- “So'g'diyona” jamoasiga kelib, o'yin uslubingiz ko'plab muxlislarga manzur bo'ldi. Bir necha marta gol o'rishga ham muvvofaq bo'ldingiz.Ramziy terma jamoada ham nomingiz bir necha marta qayd etildi. Bu haqida nima deya olasiz?

- Inson harakat qilsa hammasiga erishadi. Bundan xursandman. Demak, to'g'ri yuldamiz. Jamoamiz bilan bundan ham ko'proq natijalarni qayd etishga harakat qilamiz. Futbol o'yinchisi bo'lish oson emas. Ko'plab o'yinchilar faoliyati davomida qiyinchiliklarga duch keladi. Sabr, mehnat,ishonch.SHularga suyanib,hammasiga erishish mumkin.  Bunda  bizning murabbiyimiz Davron Fayzievning o'rni beqiyos.  Qaysi holatda bo'lmaylik,oldinga yurishga undaydilar. SHaxsan men uchun,ular eng zo'r murabbiy. Hayotda ham bizni tushunadi va ularga hurmatim cheksiz.



- Jamoaga kelib, faoliyatingizda o'zgarish bo'ldimi. Agar bo'lgan bo'lsa ijobiy yoki salbiy?

- Jamoadagi ichki muhit menga yoqadi. Jamoadoshlarim bilan do'stona munosobatdaman va o'z o'yimdagidek his qilaman o'zimni.  Faoliyatimda esa faqat ijobiy tomonga o'zgarishlar bo'layapti. Bundan judayam xursandman.

- O'yin davomida sizning maydondagi harakatlaringizni ko'p kuzataman. Raqib jamoa o'yinchisi bo'lsada, odatda yumshoq muomalada bo'lasiz. Maydondan tashqari bo' hislat xarakteringizda bormi?

- Ha.Hayotda ham bosiqman lekin maydonda bazida asabiylashishga majbur qiladigan vaziyatlar bo'ladi. Futbol o'yinchilarida aksariyatlarida kuzatiladigan hislat.

- SHu holatda bo'lsa-da, maydondagi jamoadoshlaringizni ham bosiqlikka chaqirasiz.

- (Kuladi) Ha, shunaqa vaziyatlar ham bo'ladi,lekin hayotda o'ta jiddiy ham bo'laman.
 
- Maydonda ko'proq kimlar bilan kombinaciyalar yaratasiz. Umuman kimlar bilan ko'proq xarakat qilasiz?

-Maydonda hamma bir maqsad sari harakat qiladi. Odatda maydonda Sardor Eminov yoki Muzaffar Muzaffarov bilan uzatmalar amalga oshiramiz. Imkon qadar yonimda kim yaqin bo'lsa,usha o'yinchi bilan kombinaciyalar amalga oshirishga harakat qilaman.

- “So'g'diyona” safida eng alamli mag'lubiyatingiz qaysi bo'lgan?

- Ha eng alamli mag'lubiyat birinchi davrada “Bunyodkor” jamoasi bilan mag'lubiyatimiz. Biz birgina xato tufayli golni o'tkazib yuborganmiz.

- Eng quvonchli g'alaba-chi?

- Safarda “Neftchi” jamoasini engib,g'alaba bilan qaytganmiz.



- Ikkinchi davrada jamoaga  kelib qo'shilgan  o'yinchilar haqida qanday fikrdasiz?

- Rabbim Xasanov bilan boshqa jamoada ham to'p tepganmiz. Qolgan o'yinchilar bilan ham tanishib oldik. Menimcha,ushbu jamoaga kelgan barcha o'yinchilarning maqsadi bitta-jamoa bilan ko'proq natijalarga erishish.

- Oliy liganing 20-tur doirasida Jizzaxning “So'g'diyona ” jamoasi Farg'onaning  “Neftchi” klubini qabul qiladi.  Ushbu o'yindan oldin fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?

- “Neftchi”jamoasini hurmat qilamiz.Bu jamoaga o'z o'yin uslubiga ega va har doim kuchli jamoa.  Biz ham o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Muxlislarimizning ishonchini oqlaymiz degan umiddaman.
 
- Bir necha kun oldin Toshkentga Rio 2016 Olimpiada chempionlarimizni tantanali kutib olishdi. O'yinlarini kuzatib bordingizmi?

- Ha, albatta kuzatib bordim.  Rostini aytganda, ularga judayam havas qildim va bu butun O'zbek xalqining yutug'i deb o'ylayman. O'zbekiston Mustaqilligining  25 yillik bayramiga ajoyib sovg'a bo'ldi. SHu o'rinda, futzal bo'yicha Jahon CHempionatiga qatnashish uchun yo'l olayotgan milliy terma jamoamizga ham omad tilayman. G'alaba bilan vatanimizga qaytib kelishlariga tilakdoshman.

- Jizzaxlik muxlislarga tilaklaringiz

- Jizzaxlik muxlislarimizdek muxlislarni xech  qaerda ko'rmaganman. G'alaba yoki mag'lubiyatli onlarimizda doimo qo'llab-quvvatlashadi. Stadionda ularning qo'llab-quvvatlashi bizga yanada kuch beradi. SHu fursatdan foydalanib, butun O'zbekiston xalqini kirib kelayotgan Mustaqilligimiz 25 yillik bayrami bilan muborakbod etaman. Eng samimiy va ezgu tilaklarni tilayman. Muxlislarimiz esa doimo baxtimizga bor bo'lishsin.


Dildora Xolboeva tayyorladi.
Jizzax shaxridan maxsus.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика