So’nggi yangiliklar

08:53Флик кечаги кутилмаган мағлубият сабабини айтди  0 08:24"Реал" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  2 08:20Элит ОЧЛ. "Шаржа" - "Насаф" 1:2  2 08:10Ла Лига. "Жирона" - "Барселона" 2:1  7 07:55Sofascore. "Насаф"нинг кечаги учрашувдаги энг яхши ўйинчиси ким бўлди?  1 07:27Рўзиқул Бердиев кечаги учрашувдаги ғалабадан сўнг нималар деди?  7 03:05"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув  155 02:22Элит ОЧЛ. Саудияда голлар шоуси, Нуньеснинг бенефиси ва Ироқда супер камбэк  2 01:46Англия Кубоги. 1/8 финал жуфтликлари маълум бўлди  3 01:25"Мақсадимиз — қасос эмас, Чемпионлар Лигасида ғалаба қозониш!" — Арбелоа "Бенфика" билан ўйин олдидан  2 00:41Моуринью: "Эҳтимол, мен "Реал"дан истеъфога чиқарилмаган саноқли мураббийлардан биридирман"  3 00:22Расман: Азиз Турғунбоев — «Андижон» футболчиси  11 23:54Расман: "Навбаҳор" икки легионер билан шартнома имзолади  4 23:40"Ўзлари симуляция қилиб, энди ахлоқдан дарс беришяпти!" — Милан мэри Кьеллини ва Дель Пьерони "ерга туширди"  4 23:00Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади  97

Sarvar Karimov: Jahon chempionatida oddiy raqiblar bo'lmaydi Yangiliklar

Sarvar Karimov: Jahon chempionatida oddiy raqiblar bo'lmaydi

Kecha Abu Dabidagi "Bab Al Bahr Hotel" mehmonxonasida o'tkazilgan qura tashlash marosimidan so'ng, U-17 o'smirlar terma jamoamizning yana bir darvozaboni, Sarvar Karimov ham championat.asia saytiga qura haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
- Sarvar, qura tashlash marosimidan keyin, guruhimizdagi raqiblar haqida qanday fikrdasiz?
- Quradan ko'nglim to'ldi va bizga bu borada omad kulib boqdi desa ham bo'ladi. To'g'ri, Xorvatiya, Marokash va Panama o'smirlar terma jamoalarini ham kuchsiz deb bo'lmaydi. O'ziga yarasha taktika va o'yin uslubiga ega jamoalardir. Umuman olganda, jahon chempionatida oddiy raqiblar bo'lmaydi. Qolaversa bunday yoshdagi terma jamoalarning birortasini kuchli yoki aksincha deyish ham noo'rin.

- SHaxsan siz uchun O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi o'rin olgan S guruxida, ko'proq qaysi jamoa xavfli ko'rinmoqda?

- Ochig'i, raqiblarimiz haqida bugungi kunda to'la malumotga ega emasmiz. Menimcha har bir raqibni hurmat qilish kerak.

- Guruhdan keyingi bosqichga chiqish imkoniyatimizni qanday baholaysiz?
 
- Guruhdan chiqish uchun astoydil kurashamiz. Buning uchun ayni paytda puxta tayyorgarlik ko'ryapmiz. Har bir raqib bilan o'ynasa bo'ladi. SHuning uchun maqsadimiz jahon chempioni bo'lish!

- JCHda qaysi terma jamoalar bilan ro'baro' kelishni xohlardingiz?

- Guruhda kuchli va nomdor bo'lgan raqiblar bilan to'qnash kelishni istagandim. Braziliya, Argentina... shu kabi kuchli terma jamoalarga qarshi o'ynashni niyat qilgandim. Umid qilamanki, ularning barchasi bilan jahon chempionatida o'ynashga ulguramiz.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика