So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Sarvar Karimov: “So'g'diyona”da qolishni xohlayman” Yangiliklar

Sarvar Karimov: “So'g'diyona”da qolishni xohlayman”

Bugun Jizzaxning “So'g'diyona” klubi “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Uchrashuvdan so'ng “So'g'diyona” klubida ko'rikdan o'tayotgan darvozabon Sarvar Karimov tayyorgarlik to'g'risida o'z fikrlarini bildirdi.

“Bugun “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi yangi mavsumga tayyorgarlikdagi navbatdagi nazorat uchrashuvimizni o'tkazdik. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazyapmiz. Ertalab jismoniy mashqlar bo'lsa kechgi payt to'plar bilan ishlayapmiz.

“Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi o'yinda g'alabaga erishgan bo'lsakda bir qator xatolarga yo'l qo'ydik. Mana shu xatolar ustida ishlashda davom etamiz. “So'g'diyona” klubi bilan hozircha shartnoma imzolaganim yo'q. Ayni damda “Lokomotiv” klubiga qarashli futbolchiman. Taqdirimni ikki jamoa raxbarlari o'zaro kelishib hal qilishadi. O'zimga qolsa “So'g'diyona”da qolishni istardim. Ushbu jamoada barcha shart-sharoitlar yaxshi.

“So'g'diyona” klubida mashg'ulotlarda ishtirok etayotganimni barcha biladi. “Lokomotiv” rahbarlari bu erda qolishimga qarshilik qilmasa kerak. “So'g'diyona” bosh murabbiyi Davron aka Fayziev va darvozabonlar murabbiyi SHavkat aka Abduxo'jaev bilan gaplashganimda kelaver imkon beramiz deyishgandi.

“So'g'diyona” darvozaboni Muzaffar Abdullaev bilan ancha yaxshi chiqishib ketdim. Jamoaning asosiy tarkibidan joy olish uchun astoydil harakat qilaman. Muzaffar Abdullaev ham do'st, ham aka sifatida yaxshi inson ekan. Darvozabonlar murabbiyi SHavkat aka Abduxo'jaev bilan yana birga ishlayotganimdan xursandman. Bu insonni menga juda ham katta mehnati singan”, - deydi Sarvar Karimov.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика