So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  5 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  71 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  11 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Sarvar Karimov: “So'g'diyona” bilan o'yindan oldin yig'ilib qolgan mukofat pullarimizni yarmini oldik" Yangiliklar

Sarvar Karimov: “So'g'diyona” bilan o'yindan oldin yig'ilib qolgan mukofat pullarimizni yarmini oldik"

Superliganing 18-turida “Bunyodkor” safarda “So'g'diyona” (0:0) bilan durang o'ynadi.

Mazkur uchrashuvdan so'ng “qaldirg'ochlar” darvozaboni Sarvar Karimov bilan suhbatlashdik.

O'yin to'g'risida


- Bugungi o'yin 6 ochkolik bahs edi desam aslo mubolag'a bo'lmasdi. SHu bois jamoadoshlarim bilan mashg'ulotlarda jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rgandik. Maqsadimiz g'alaba qozonish va ochkolarimiz miqdorini ko'paytirib olish edi. Vaziyatlardan foydalana olmaganligimiz sababli durang qayd etildi. Yutishni juda hohlagandik.

- “So'g'diyona” ko'rsatgan o'yin borasida fikrdasiz?

- Mezbonlar safida tajribali futbolchilar bor. Tabiiyki, ular jamoaning o'yinining asosini tashkil qiladi. Bugun jiddiy qarshilikga duch keldik. SHunga qaramay, biz o'yinda ikki ochko yo'qotdik.

- Jamoaning oldiga qanday vazifa qo'yilgan?


- “Bunyodkor”ning maqsadi doimo sovrinli o'rinlarni egallash bo'lgan. SHu sababli har bir o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rib, uchrashuvlarda imkon qadar ochko yo'qotmaslik uchun maydonga tushyapmiz. Hali mavsumning asosiy o'yinlari oldimizda. Mazkur bahslarda ijobiy natijalarga erishish uchun oxirigacha kurashamiz.

- Olgan malumotlarimizga ko'ra, “Bunyodkor”da moliyaviy holat yaxshilangan...

- Ha albatta. Moliyaviy ahvolimiz yaxshilanmoqda. Klub yana “O'zbekneftgaz” qarmog'iga o'tdi. O'yindan oldin yig'ilib qolgan mukofat pullarimizni yarmini oldik. O'ylashimcha, jamoamizda endilikda moliyaviy muammolar bo'lmaydi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика