Sarrining o'rnini egallashi kutilayotgan yana bir mutaxassis nomi malum
10 mar 2019 22:56
Yangiliklar


Sarrining o'rnini egallashi kutilayotgan yana bir mutaxassis nomi malum
“CHelsi” bosh murabbiyi Mauricio Sarri “aristokratlar” boshqaruvida ko'p qolmaydi, deb malum qiladi Daily Star.
Manbaning xabar berishicha, londonliklar rahbariyati hozirda “Vulverxempton”ga murabbiylik qilayotgan portugaliyalik mutaxassis Nunu Eshpiritu Santuning xizmatlariga qiziqib qolgan.
Oldinroq, “Real”ning sobiq bosh murabbiyi Zayniddin Zidan hamda “Derbi Kaunti”da faoliyat olib borayotgan “CHelsi” afsonasi Frenk Lempard klub boshqaruviga kelishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Malumot o'rnida, “CHelsi” bugun o'z maydonida aynan Eshpiritu boshqarayotgan “Vulverxempton”ga qarshi to'qnash kelib, durang (1:1) o'ynadi. Sarri shogirdlari hozirda APLda 57 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar