So’nggi yangiliklar

10:01«Ньюкасл» 60 миллион фунтга ҳимоячи сотиб олади  0 09:32Дамир Темиров: «Андижон» варианти пайдо бўлганида хурсандчилик билан таклифни қабул қилдим»  2 09:00Про лига. Бугун иккинчи давра баҳсларига старт берилади  0 08:31«Барселона» футболчисини «Жирона»га ижарага берди  0 08:02Суперлига. Бугун 14-турнинг марказий учрашуви Андижонда бўлиб ўтади  3 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  5 05:20Футзал. Футбол бўйича Европа чемпионлари иштирок этган илк жаҳон чемпионати ҳақида ҳикоя қиламиз  0 02:11Олимпиада ярим финалида Африка Европага қарши  14 02:03Олимпиада. Франция ярим финалда!  4 00:59Олимпиада. Миср - Парагвай учрашувида ғолиб пенальтилар сериясида аниқланди  11 00:37"Арсенал" "Наполи"нинг шартларига рози бўлди  2 00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  1 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  9 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  1 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  1

Sarriga juda qiyin bo'ladi Yangiliklar

Sarriga juda qiyin bo'ladi

"CHelsi"ning bosh murabbiyi bo'lish oson emas.

Ishlasang, tarkibni yaxshilasang, sovrinlarga ega chiqmoqchi bo'lsang ham klub amaldorlarining etiboriga tushmasang, juda qiyin bo'ladi. Yoki birinchi muvaffaqiyatsizlikkacha. Barchasi jamoani qaysi yo'lakdan olib ketishingga bog'liq. Bo'lmasam, barchasi rahbarlar bilan janjalgacha boradi. Taqdiring hal bo'ladi.

O'ziga hos xarakterga ega, ajoyib g'oyalar va xarizmatik murabbiylar "CHelsi"da muvaffaqiyatga erishishi mumkin, ammo ular ham jamoada uzoq vaqt tura olmaydi. Antonio Konte jamoaning muhim futbolchilari bilan ochiqdan ochiq "jangga" o'tdi. David Luis va Diego Kostani bunga misol qilib ko'rsatsa bo'ladi.

Sarri "CHelsi"ni o'zgartirish uchun o'z vatandoshi o'rnida ishlamoqda. Klub bezori, juda talabchan, sobiq bankir, katta g'alabalarga erishmagan murabbiyni o'ziga olib keldi. Eng muhimi shundaki, murabbiy o'z tamoyillaridan voz kechmaydi.

Rahbariyat bu insonni qayta o'qitish kerak emasligini yaxshi biladi. U klubning "qariyalari" bilan janjallashadigan yosh Villash-Boash, yoki tirnoqning ichidan kir qidiradigan Benites, Xiddink va Di Matteo, Torresni transfer qilib, ishdan ketgan Anchelotti emas. Qiladigan ishlarini o'zi yaxshi biladi.

Mourino o'z vaqtida "CHelsi"da himoyada juda ko'p o'ynadi: mahoratli va impravizacion hujumkor futbolchilar ortda, tartibli himoyada harakat qildi. Biroq jamoa vaziyatdan foydalana olardi,  "CHelsi" esa kam gol o'tkazib yuborardi.

Sarri - hujumkor futbol tarafdori, har doim o'z falsafasi borasida ochiqdan ochiq gapiradigan inson, huddi Gvardiola kabi. Sarrining "Napoli"si o'tgan mavsumda Pepning "Manchester Siti"siga qarshi o'yinda qatnashganida, ispaniyalik mutaxassis shunday iliq fikrlarni bildirgandi: "Menga "Napoli" ishtirokidagi bahslar juda ham yoqadi. Menga Sarrining jamoasidagi ko'p jihatlar maqul keladi. Fikrimcha, ular Evropaning eng kuchli uch jamoasidan biri".

Sarrining o'yin uslubini tez-tez "ziddi zaxar" deb atashadi, bu esa Pep falsafasiga qarshi mukammal vositalardan biri. "Napoli" hujumlarini o'z darvozasi yonidan boshlaydi (A Seriyada jamoa to'pni o'zida ushlab turish borasida eng yaxshi natijani qayd etdi), biroq hujum juda tez va aniq. Qarshi hujumlarda juda kam vaqt sarflanadi.

Sarrini olib kelib, "CHelsi" o'ziga hos o'yin uslubiga ega bo'ladi. Biroq muxlislar chiroyli futbol ko'rib, natijani yo'qotib qo'yishmasa bo'lgani.

SHunday emasmi?

Sarrini bosh murabbiy etib tayinlab, "CHelsi" juda katta ish bajardi. Xo'sh, endichi? "CHelsi"ning transfer siyosati xaotik tarzda. O'tgan mavsumda "CHelsi" ko'plab yaxshi futbolchilarni olib keldi. Biroq natijalar buni oqlamadi. Va bu yigitlar murabbiy almashganidan keyin jamoadan ketishi mumkin bo'lib turibdi.

Mantiqan olib qaraganda, yangi bosh murabbiyni qo'llab-quvvatlash kerak. Uning o'yin uslubiga mos tushadiganlarni yoki oldin u bilan faoliyat olib borgan futbolchilarni xarid qilish kerak. Ular bilan g'oyalar mos tushadi. Agarda rejissyorlik kursisiga Tarantinoni taklif qilib, unga V klassidagi bolalarni emas, yulduzlarni berishingiz kerak bo'ladi.

Sarri "CHelsi"ga kelganiga bir necha hafta bo'ldi. Transferlar oynasi yopilishiga esa ikki kun qoldi. Tarkibning katta qismi esa Premer-liga saviyasiga mos tushmaydi. CHidamsiz Ryudiger, zaxirada "chiriyotgan" inglizlar Kexill va Drinkuoter. David Luis esa o'zining xarakteri bilan o'tgan mavsumda zaxirada qoldi. Gollarga sabab bo'layotgan Bakayoko. Gol urishda no'noq Morata. Doim jarohatda yuradigan Barkli.

SHuningdek, jamoaning etakchilari taqdiri so'roq ostida qolmoqda. Bir oylar muqaddam Eden Azar "Real"ga ketmoqchi ekanligini ochiqdan ochiq aytib o'tdi, Kurtua esa jamoadoshini qo'llab-quvvatladi. Villian esa Konte bilan janjallashib qolganidan keyin "CHelsi"dan ketishga qarshi bo'lmayapti. Jamoaning yangi bosh murabbiyi esa ularning taqdiriga oydinlik kiritmayapti. Ko'rib turganingizdek, barchasi topishmoq.

Sarrining yagona transferi - yarim himoyachi Jorjino bo'lib turibdi. Uning ham adaptaciyasi qancha vaqt davom etishini bilib bo'lmaydi. "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentisning aytishiga ko'ra, Sarri "Napoli"dagi butun tarkibini Angliyaga ko'chirib ketmagan bo'lsa-da, transferlarga juda o'ch inson. "CHelsi" uning davrida pullarni ayab ishlatishi kerak.

Rahbarlar esa bir necha yillardan buyon past saviyali jamoalarni yuqori darajaga olib chiqqan mutaxassis "CHelsi"ni kuchaytirishsiz ham inqirozdan olib chiqa oladi degan fikrda bo'lib turibdi. Sarrining tayinlanuvidan asosiy sabab - jamoaning yorqin o'yin ko'rsatishi emas, balki jamoani inqirozdan olib chiqa olishiga ishonishmoqda.

Sarri o'z hamkasblari Konte va Mourino kabi sovrinlarga ega chiqmagani borasida gapirish mumkin. Bu jurnalistlarning har doimgi gaplari. Biroq Mauricioda ham faxrlanadigan jihatlar juda ko'p.

U "Empoli"ni yuqori divizionga olib chiqdi, jamoani yuqori saviyaga ko'tara oldi. Ushbu jamoada 30dan oshiq taktik sxemalarni ishlatdi. "Napoli"ni Italiyaning eng yaxshi jamoalaridan biriga aylantirdi. "Yuventus" bilan so'nggi daqiqalargacha kurashdi. Juda ko'plab yosh futbolchilarni kashf qildi. Sarri 17 yoshli Xadson-Odoyni maqtayverib charchadi.

Biroq undanda yoshlarga ishonish - juda masuliyatsizlik bo'lib ketadi. Bir vaqtlar Yurgen Klopp ham "Liverpul"da transferlar uchun katta mablag' sarflamasligini aytgandi. SHu davrda "CHelsi" pulni tejamoqda, Sarri esa Kontedan qolgan tartibsizliklarni to'g'rilash bilan band. Jahon chempionati sababli jamoalarda vaqt kam bo'lganligi uchun etiroz bildirishingiz mumkin. Ammo "ko'klar"ning o'zi Kontening istefosini va Sarrining olib kelinishini kompensaciya sababli anchagina kechiktirib yubordi. Agarda voqealar rivoji sal tezlashganida Sarri "CHelsi" strukturasiga ertaroq borgan bo'lardi.

Londonliklar hatto kerakmas o'yinlarda gol urgan hujumchilardan birini ham transfer qilmadi. Bu boradagi asosiy nomzod bir vaqtlar "Napoli"da Sarri bilan birga ishlagan Gonsalo Iguain bo'lib turgandi. Gonsalo Rafa Benites qo'l ostidagi 37 o'yinda 18 marta darvozani ishg'ol qilgandi. Keyinchalik Sarrining ilk mavsumida u jamoa tarkibida 35 bahsda 36 gol kiritishga erishdi. Sarrining jamoalari har doim juda ko'plab gollar kirita oladi.

Roman Abramovich, Marina Granovskaya va boshqa rahbarlar yordam berishni istasa, Sarrining talablariga javob beradigan futbolchilarni transfer qilishi kerak. Sarri futbolchilarning qirralarini ochishda yaxshigina ishlaydi. Biroq uning qo'l ostidagi tarkib futbolchilarida kuchli jihatlar kamroq.

Agarda italiyalikning qo'l ostida jamoa muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, yana u aybdor bo'ladi va yana turli xil janjallar kelib chiqadi. Ammo transferlar oynasi yopilishiga oz vaqt qoldi. Bunda "CHelsi" katta transferlarni amalga oshirishi juda qiyin bo'ladi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика