Sarri "Yuventus"ning A Seriyadagi dastlabki ikki o'yinini o'tkazib yuboradi

22 avg 2019, 21:55
"Yuventus" bosh murabbiyi Mauricio Sarri A Seriyaning "Napoli" va "Parma"ga qarshi o'yinlarida Turin klubini boshqarmaydi.

60 yoshli mutaxassis o'pka yallig'lanishi kasalligidan qutulish uchun davolanmoqda. U bugun qo'shimcha tibbiy testlardan o'tdi va sezilarli yaxshilanishga erishayotganini bilib oldi. 

24 va 31 avgustlardagi o'yinlar uchun o'z majburiyatidan ozod qilingan Sarri tezroq jamoaga qaytishi aytilmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Manba: juventus.com