Sarri: “Yirikroq hisobda g'alaba qozonishimiz mumkin edi”
23 iyu 2020 07:34
Yangiliklar
Sarri: “Yirikroq hisobda g'alaba qozonishimiz mumkin edi”
“Yuventus” ustozi “Bolonya”ga qarshi (2:0) bahsdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Jismoniy jihatdan kuchli bo'lib boryapmiz. Jamoa bu safar yaxshi tempda 70 daqiqa harakat qildi. Italiya Kubogida esa bu ko'rsatkich 30 daqiqani tashkil etgandi. Bizda yirikroq hisobda g'alaba qozonish imkoniyati bor edi, ammo ikkinchi bo'limda o'yinni orqaroqdan boshlashga to'g'ri keldi. Bu taktik qaror emasdi. SHunchaki hozir futbolchilarga o'yinni bir maromda o'tkazish uchun birdek kuch etishmayapti. Bizni juda ko'p tanqid qilishmoqda, ammo yo'lda davom etgan holda jismoniy jihatimizni bir maromga keltirib olamiz”, — deydi Sarri.
Fikrlar