Sarri: "UEFA futbolni hurmat qilmaydi"
25 fev 2023 15:30
Yangiliklar
Sarri: "UEFA futbolni hurmat qilmaydi"
Jamoa bosh murabbiyi Konferenciyalar Ligasi pley-off bosqichida "Kluj" bilan durang bilan tugagan o'yindan so'ng (0:0) maydon holatini qattiq tanqid qildi.
Birinchi o'yinda garchi bahsning dastlabki 15 daqiqasida Patrik maydonni qizil kartochka tufayli tark etgan bo'lsa-da, CHiro Immobile tomonidan kiritilgan yagona to'p Italiya jamoasiga ustunlikni taqdim etib, javob o'yinidan so'ng keyingi bosqichga yo'llanmani kafolatlab qo'ydi.
A Seriya vakili ustozi Sarri o'yindan keyin shunday fikrlarni bildirib o'tdi:
"Biz bu erda futbol o'ynashimizning hech qanday imkoni yo'q edi. Biz futbolga o'xshash sportga moslashishga urindik, chunki bu maydonda umuman futbol o'ynab bo'lmas edi.
Men har doim UEFAning hurmat haqida gapirayotganini eshitaman, lekin ular bunday maydonlarda o'ynashni so'rash orqali futbol va o'yinchilarni hurmat qilmasligini ko'rsatadi. Bu shunchaki futbol emas. SHunday bo'lsa-da, biz yaxshi harakatlandik va afsuski, g'alaba qila olmadik".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
Андижон вилояти ҳокими: "Андижон” бу йили энг камида учталикка киради"
Fikrlar