Sarri: “Tottenhem”ga barcha jabhada mag'lub bo'ldik
25 noy 2018 08:48
Yangiliklar
Sarri: “Tottenhem”ga barcha jabhada mag'lub bo'ldik
“CHelsi” bosh murabbiyi Mauricio Sarri APL 13-turi doirasida “Tottenhem”dan (1:3) uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi.
“Ochig'i, biz juda yomon o'yin namoyish etdik. Raqibdan har tomonlama – jismoniy, aqliy, texnik va taktik tomondan ortda qoldik.
O'ylashimcha, so'nggi uch yoki to'rt o'yindan buyon biz bellashuvni kutilgandek yaxshi boshlay olmayapmiz.
Barkli yaxshi o'ynadimi? Yo'q, bugun menga hech bir futbolchimning o'yini yoqmadi”, deya murabbiyning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda BBC.
Bu Sarrining “CHelsi” bosh murabbiyligida joriy mavsumdagi ilk mag'lubiyati bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar