Sarri: “Ronalduning omadi kelmadi”
13 iyu 2020 07:51
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/573637_original.jpg)
![](/upload/storage/573637_220.jpg)
Sarri: “Ronalduning omadi kelmadi”
“Yuventus” ustozi “Milan”ga qarshi bahsda 11 metrli jarima zarbasidan foydalana olmagan Ronaldu haqida gapirdi.
“Men Ronaldudan markazga yaqinroq o'ynashni so'radim. U buni sinab ko'rishdan xursand bo'ldi va o'yinni hozir kerak bo'lgan joyida o'tkazdi. Agar u o'zi harakat qilayotgan poziciyadan bir necha metr u yoki bu tarafga olinsa ham, bu darajadagi kuchli futbolchi uchun juda katta o'zgarish bo'ladi deb o'ylamayman. Penaltiga keladigan bo'lsak, u gol ura olmaslikka o'rganmagan. Darvoza ustunining ichki tarafiga tegadigan to'p esa har tomonga qarab ketishi mumkin. Bu vaziyatda Ronalduning shunchaki omadi kelmadi”, — deydi Mauricio Sarri.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar