Sarri: “Ronaldu va Dibala nima foydali ekanligini tushunib oldi”
01 iyu 2020 09:16
Yangiliklar
Sarri: “Ronaldu va Dibala nima foydali ekanligini tushunib oldi”
“Yuventus” ustozi “Jenoa”ga qarshi bahsda (3:1) bittadan gol urgan jamoa etakchilari Krishtianu Ronaldu va Paulo Dibala haqida gapirdi.
“Ronaldu va Dibala maydonda tez-tez bir-birini topishni o'rganib oldi. Ular o'zaro birgalikda harakat qilishning foydasi ko'p ekanligini tushunishdi. Men aynan shuni mashg'ulotlar davomida payqagan edim. Endi uni maydonda ham ko'ryapman”, — deydi Sarri.
Fikrlar