Sarri “Milan”da Gattuzoni alishtirishi mumkin
12 may 2018 01:22
Yangiliklar


Sarri “Milan”da Gattuzoni alishtirishi mumkin
“Milan” rahbariyati jamoa Evrokuboklarga yo'llanmani qo'lga kirita olmasa Jennaro Gattuzoni istefoga chiqarib, uning o'rniga Maurico Sarrini taklif qilishi mumkin.
Gattuzo aprel oyi boshida “Milan” bilan shartomasini uzaytirgandi. Ammo shundan keyin barcha turnirlarda o'tkazilgan ettita bahsning atigi ikkitasida milanliklar g'alaba qozona olishdi, xolos.
“Yuventus”dan Italiya kubogi finalida (0:4)gi mag'lubiyatdan keyin “Milan” faqat A seriyada yuqoriroq o'rinlarin band etib Evropa ligasiga yo'llanma olishi mumkin.
Agar jamoa 7-pog'onadan pastroq o'rinni egallasa, klub rahbariyati Gattuzoning kelajagini ko'rib chiqadi. Agar u istefoga chiqariladigan bo'lsa, uning o'rniga Sarri taklif etilishi mumkin.
CHempionat tugashiga ikki tur qolganida “Milan” A seriyada oltinchi pog'onani egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar