Sarri JCHni ko'rmagani sababini aytdi
12 jan 2019 11:42
Yangiliklar


Sarri JCHni ko'rmagani sababini aytdi
"CHelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri Rossiyada o'tgan jahon chempionatini tomosha qilmagan.
"Jahon chempionatining birorta o'yinini tomosha qilmadim. CHunki menga terma jamoalar yoqmaydi. Bundan hech nimani o'rganib bo'lmaydi.
Barcha murabbiylar ham bu gaplarni aytmaydi. Hammaning qarashi har xil. 30 kunda jamoa tuzishning iloji yo'q. Istalgan top-terma bu chempionatda mag'lub bo'ladi.
Bu normal holat. Klubda esa o'yinni tashkil qilish uchun etarlicha vaqt bor. Milliy termalar miqyosida esa buning vaqti kam", - dedi italiyalik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar