Sarri: "Gvardiolaga vaqt berishdi, mendan esa natija talab qilishmoqda"
23 fev 2019 13:54
Yangiliklar


Sarri: "Gvardiolaga vaqt berishdi, mendan esa natija talab qilishmoqda"
"CHelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri "Manchester Siti"ga qarshi Angliya liga Kubogi finalidan oldin London klubidagi vaziyatga izoh berdi.
Seriyalik muvaffaqiyatsizliklardan so'ng italiyalik mutaxassisning istefosi haqida mish-mishlar paydo bo'ldi.
"Gvardiolaning omadi kelgan. Unga vaqt berishdi. O'ylashimcha, klubga Gvardiolani olib kelinsa, unga vaqt berilishini hamma biladi. Mendan esa natija talab qilishmoqda" - deydi Sarri.
Oldinroq, Sarri "Manchester Siti"ga mag'lub bo'lsa, istefoga chiqarilishi mumkinligi elon qilingan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar