Sarri Dibalaning kelajagi haqida: “Oltita futbolchi bilan xayrlashishimiz kerak”
11 avg 2019 08:41
Yangiliklar


Sarri Dibalaning kelajagi haqida: “Oltita futbolchi bilan xayrlashishimiz kerak”
“Yuventus” bosh murabbiyi Maurico Sarri jamoa futbolchisi Paulo Dibala bilan bog'liq vaziyat va uning transfer imkoniyatlari haqida gapirdi.
“Mening qo'l ostimda Dibala endigina ikkita mashg'ulot o'tkazdi, shu bois hali unga qandaydir baho berishga erta. Hozircha u o'zining eng yaxshi “forma”sida emas. Men Dibala haqida istaganimcha gapirishim mumkin,ammo transfer bozorining o'z qoidasi bor va mening fikrim u erda hech narsani o'zgartirmaydi. Biz olti nafar futbolchiga ruxsat berishimiz kerak. Men ularni saqlab qolmoqchi edim, ammo bizda atigi bittagina o'z tarbiyalanuvchimiz bor. SHu bois CHempionlar ligasi “zayavka”sidan 22 futbolchi va uch nafar darvozabon o'rin oladi. Transfer oynasi so'nggi kuni biz uchun qiyin bo'ladi, biz yuqori saviyali futbolchilarimizni boy berishimiz mumkin”, deya Sarrining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar