Sarri: "Atalanta"ga qarshi o'ynash tish shifokoriga borishga o'xshaydi"
11 fev 2023 14:45
Yangiliklar


Sarri: "Atalanta"ga qarshi o'ynash tish shifokoriga borishga o'xshaydi"
11 fevral kuni "Lacio" A Seriya 22-tur uchrashuvida "Atalanta"ni qabul qiladi.
Har ikki jamoa CHempionlar Ligasi yo'llanmasi uchun kurashmoqda va to'rtinchi o'rindagi "Lacio" va beshinchi o'rindagi "Atalanta" o'rtasidagi farq bor-yo'g'i 1 ochkoni tashkil etadi.
"Atalanta" jismonan cho'ksa, bu oddiy jamoa. Agar ular jismonan yaxshi holatda bo'lsa, juda kuchli. Dahshatli o'yin bo'ladi, ularga qarshi o'ynash tish shifokoriga borishga o'xshaydi", – dedi rimliklar ustozi Mauricio Sarri.
"Lacio"ning "Olimpiko"da "Atalanta" ustidan qozongan so'nggi g'alabasi 2017 yilda qo'lga kiritilgan, shundan beri o'z uyida 2 ta mag'lubiyat va 3 ta durang qayd etilgan.
O’xshash yangiliklar
09:17
Bugun Evropa ligasida qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Romaning ehtimoliy raqiblari malum 6

Fikrlar