Sardor Zokirov: "O'sha avvalgi “Cementchi”ni tiklash uchun harakatni boshladik"
03 iyu 2018 20:44
Yangiliklar


Sardor Zokirov: "O'sha avvalgi “Cementchi”ni tiklash uchun harakatni boshladik"
“Cementchi” (Quvasoy) - “QDPI” (Qo'qon davlat pedagogika instituti) (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Sardor Zokirov “Championat.asia” saytiga intervyu berdi.
- Bugungi uchrashuv haqida fikrlaringiz...- Bugungi o'yin juda qiziqarli, bellashuvlarga boy tarzda o'tdi. Raqiblarmiz QDPI juda yaxshi jamoa ekan, birinchi o'ringa tasodifan chiqib qolmaganliklarini bugungi uchrashuv davomida ko'rdik. O'yin qiziqarli bo'ldi, har ikkala jamoada ham ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi.
- Jamoa oldiga qanday vazifalar qo'yilgan?
- Biz harakatni boshladik, o'sha avvalgi “Cementchi”ni tiklash uchun intilyapmiz. Jamoani qaytadan shakllantirb chiqdik, PRO-Ligaga chiqish imkoniyatimizni 50 ga 50 tarzda baholayman.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar