

- Sardor aka, g'alaba bilan tabriklaymiz. Bugungi o'yin haqida fikrlaringiz...
- Bugun qiziqarli va bellashuvlarga boy uchrashuv bo'ldi. “Lokomotiv” yoshlar jamoasi ham kuchli o'yin ko'rsatdi. Bugun bizning g'alabamizga futbolchilarimizdagi intilish, ishtiyoq ta’sir ko'rsatdi deb o'ylayman. Biz o'z maydonimizda muxlislarimiz qarshisida o'yin ko'rsataganimiz, ular bizni muntazam qo'llab-quvvatlab turganligi g'alabamizga zamin yaratdi.
- “Neftchi” yoshlar jamoasining bu yilgi mavsumda natijalari chakki emas. Aynan “Neftchi” yoshlar jamoasidan chiqqan futbolchi Xurshid Asqaraliev Superligada “Navbaxor” jamoasiga gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. Aynan Xurshid Asaqaraliev kabi yosh iqtidorli futbolchilar yoshlar jamoasi tarkibida bormi?
- “Neftchi” yoshlar jamoasi tarkibida iqtidorli futbolchilar ko'p. Maslan bugungi o'yinda o'zlaring guvoh bo'ldinglar, yosh hujumchimiz Hamidullo Abduhamidov raqib darvozasiga ikkita gol kiritdi. Hamidullo “U-19” terma jamoasi a'zosi hisoblanadi. Shuningdek tarkibimizda Shodiyor Xojimatov, Mirjalol Ne'matov, Ilhom Vahobov kabi yoshlarni uchrashuvlarga munosib tayyorlab, tajriba orttirishlariga zamin yaratib, asosiy jamoamiz g'alabalariga o'z hissalarini qo'sha oladigan tarzda futbolchi bo'lib yetishishlariga harakat qilamiz. Hozirgi kunda ushbu futbolchilar asosiy jamoamiz mashg'ulotlarida ham ishtirok etishmoqda.
- Rahmat, keyingi uchrashuvlarda omad tilaymiz!
- Bugun stadionga kelib, bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman.
Bekzod Tolibov yozib oldi.




