Sardor Telyakov: "O'yinni tashqaridan kuzatish qiyin ekan"
06 okt 2019 21:35
Yangiliklar


Sardor Telyakov: "O'yinni tashqaridan kuzatish qiyin ekan"
A PRO-Liga 23-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Istiqlol" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar futbolchisi Sardor Telyakov saytimizga intervyu berdi.
Bugun "Neftchi"da ham, bizda ham gol kiritish uchun ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi. O'yin "derbi" maqomiga mos tarzda shiddatli kechdi deb o'ylayman.
Kichik jarohatim tufayli bugungi o'yinni o'tkazib yubordim. Ochig'ini aytganda, o'yinni tashqaridan turib kuzatish qiyin ekan. Ayniqsa o'z jamoang maydonda o'ynab tursa, boshqacha hissiyotlarni boshdan o'tkazar ekansan.
Bilasizmi, bazi vaziyatlarda oyog'imdagi og'riqni unutib, maydonga tushib ketgim keldi.
Bugungi o'yinda jamoadoshlarim himoyada ham, hujumda ham juda yaxshi o'ynashdi. SHunchaki ayrim vaziyatlarda to'p darvozaga kirishni istamadi, bir oz omad etishmadi - deydi Sardor Telyakov
Bekzod Tolibov yozib oldi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar