So’nggi yangiliklar

14:13Рэшфордга МЮ собиқ футболчиларининг танқидлари ёқмаяпти  2 14:10Нидерландия футзал терма жамоаси устози: "Ўзбекистоннинг мундиалгача бўлган барча тайёргарлик жараёнларини ўргандик"  1 13:57Деку: "Левандовски - энг зўр форвардлардан бири"  0 13:55Элбек Тўлқинов: "Нидерландия терма жамоаси асосан йирик гавдали футзалчилардан иборат экан"  0 13:41ЖЧ-2024. 1-тур. Парагвай — Коста-Рика. Превью  0 12:21"Реал"дагилар ҳавотирда  1 11:57Пеп "Сити"нинг 115та қоидабузарлиги ҳақида: "Бутун АПЛ бизни жазолашларини хоҳлаяпти"  1 11:50Карим Моссауи: "Жаҳон чемпионати торт устидаги безакдир"  0 11:37Роналду: "Иккита каламуш туфайли фаолиятимни якунламоқчи эмасман"  12 10:45"Барселона" ёз давомида сотолмаган футболчиси Ла Лиганинг август ойидаги энг яхши футболчиси бўлди  1 10:15ЖЧ-2024. 1-тур. Ўзбекистон — Нидерландия. Превью  6 10:11Тони Кроос ўзи учун янги иш топди  0 09:42Sofascore. Рустам Ашурматов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  3 09:10Ҳисоб очилмаган "Пахтакор" - "Нефтчи" учрашувидан ГАЛEРEЯ  1 08:3631 ёшли мураббий АПЛда "ой мураббийи" бўлди  2

Sardor Rashidovning yagona goli terma jamoamizga g'alaba keltirdi Yangiliklar

Sardor Rashidovning yagona goli terma jamoamizga g'alaba keltirdi

Ayni paytda milliy terma jamoamiz BAAning Dubay shahrida Falastin termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazmoqda.
O'rtoqlik uchrashuvi. 13 dekabr

O'ZBEKISTON - FALASTIN 1:0
Gol:
Sardor Rashidov 86
O'zbekiston:
Eldor Suyunov, Farrux Sayfiev (Aleksandr Merzlyakov), SHavkat Mullajonov (Egor Krimec), Akmal SHorahmedov, Anzur Ismoilov, Lutfullo To'raev, Javlon Ibrohimov, Jasur Hasanov (Server Jeparov), Timur Kapadze (Jamshid Iskanderov), Igor Sergeev (Sardor Rashidov), Vohid SHodiev (Navro'z Alimov).

1. O'zbekiston terma jamoasi to'liq tashabbusni ilk daqiqalardanoq o'z qo'liga oldi. Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan Falastin, o'yinni boshidanoq "avtobus" qo'ydi.


3. Uchrashuvni Sergey Lushan va Baxtiyor Boboev ham kuzatyaptilar. Ulardan tashqari Xitoydan kelgan "ayg'ochqi" ham bor. U o'z kamerasiga o'yinni tushirish bilan birga, kerakli malumotlarni qayd etyapti.


5. Ilk xavfli hujum. Falastin terma jamoasini darvozaboni qisqa vaqt ichida 3ta zarbani qaytardi.


7. Igor Sergeevvvvv.... Havfli vaziyat...SHodie va Hasanov tomonidan uyushtirilgan kombinaciyani Sergeev aniq yakunlay olmadi. Uning zarbasidan so'ng to'p "shtanga"ga tegdi.


12. Javlon Ibrohimoving uzoqdan bergan zarbasini posbon qaytarib qoldi. Falastin o'z zonasidan chiqa olmayapti. Terma jamoamiz esa asosan pas o'ynash orqali raqib jarima maydonchasining ichiga kirishga intilyapti.


18. Lutfillo To'raevning kallasi bilan bergan zarbasidan so'ng hisobni ochishimiz mumkin edi.


22. Falastin vakillari endi ilk zarbalarini berishdi. Ammo darvoza ustidan ancha balandga.


25. Jasur Hasanovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Falastin terma jamoasini qo'llab-quvvatlagani 100 nafarga yaqin muxlis stadionga kelgan.


27. Falastin sekin asta hujum qilishni boshlayapti. Bu safar ularning hujumini Anzur Ismoilov bartaraf etdi. 


28. Endi SHorahmedovga nisabatan burchak zarbasi amalga oshiriladigan nuqta yonida qo'pollik ishlatildi. Jasur Hasanovni ko'tarib bergan to'piga birinchilardan bo'lib raqib futbolchisi ega chiqdi.


29. Jarima maydonchasi yonida falastinliklar kuchli zarba berdilar. Noaniq. SHu daqiqalarda, To'raev raqib futbolchisini "ag'dardi". Falastinlik futbolchi tibbiy yordamga muxtoj. 


30. Futbol o'ynashni hamma o'rganib olgan. Falastin ochiq futbolni taklif qilayotgan ko'rinadi. Himoyamizda muammo yo'q. Hamma o'ziga bildirilgan vazifani birdek bajaryapti.


32. Endi SHodiev shikastlandi. Unga tibbiy yordam ko'rsatishyapti. SHifokorlar uning boshiga yax qo'yishyapti.


34. Falastin avvalgi O'zbekiston terma jamoasini eslatib yuboryapti. Qanotdan hujum, ammo noaniq jarima maydonchasi ichiga to'p uzatilishi. 


35. Lutfillo To'raevga qarshi qo'pol harakat. Hakam jarima zarbasi belgiladi. Hamma To'raevga zarba beradig deb turgan paytda, futbolchimiz sheriklari bilan kombinaciya uyushtirib jarima maydonchasi ichiga kirib bordilar. Ammo qanday qilib to'p darvozaga kirmadi hayromiz . Ammo reja yaxshi o'ylangan edi.


37. Terma jamoamiz yana o'yin boshidagi kabi ishtiyoq bilan oldinga tashlana boshladilar. SHorahmedov bugun ancha faol harakat qilyapti. To'raev va Hasanov esa bir-birini yaxshi tushunyapti. Sergeev esa chap qanot yarim himoyasida, yarim himoyachilarga ko'mak beryapti.


39. Vakillarimiz burchak zarbasini amalga oshiradilar. Lutfillo To'raev to'pni jarima maydonchasi ichiga etkazib berdi. SHodievni boshi bilan bergan zarbasi biroz noaniq chiqdi. 


43. Falastin terma jamoasining futbolchisi og'ir jarohat olgan ko'rinadi.


45. Birinchi bo'lim tugadi. O'zbekiston milliy terma jamoasi katta ustunlik bilan tanaffusga chiqib ketdi.


46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Tarkibda o'zgarishlar bor. Sergeev o'rniga Rashidov maydonga tushdi. Jasur Hasanov o'rniga esa Server Jeparov maydonga tushdi.


49. Jarima zarbasi belgilandi. Kopa va Server kombinaciya uyushtirishdi, ammo biroz o'xshamadi. 


51. Falastin ham oz bo'lsada oldinga o'tib turibdi. Anzur Ismoilov ikki marta bir xil xatoga yo'l qo'ydi. 


54. Havfli vaziyatttt... Ikkinchi bo'limda Sergeev o'rniga maydonga tushgan Sardor Rashidov, o'zining "firmenniy" zarbasi bilan darvozabonni bir sinab oldi. Uning olis masofadan bergan zarbasin to'g'ri burchakka borayotgan bir paytda, raqib posboni qiyinchilik bilan uni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to'pidan kelgan to'pga To'raev noaniq zarba berdi.


57. Endi zarba yo'llash navbati Jeparovda. Ammo  to'p ancha tepalab ketdi.


60. Jamshid Iskanderov Kopadze o'rniga maydonga tushdi. Jeparov o'ng qanotga o'tdi, Jama esa markazda harakat qiladi.


62. Sayfiev o'rniga Aleksandr Merzyalkov ilk marotaba O'zbekiston milliy terma jamoasida rasmiy o'yinida maydonga tushyapti.


64. Ochiq futbol. Goh O'zbekiston, goh Falastin hujumda. 


65. Jeparov jarima maydonchasining ichiga yaxshi pas oshirgan edi. Ammo havolatib kelgan to'pga SHodievning bo'yi etmadi. 

67. Falastinni asosiy futbolchisi og'ir jarohat olgan ko'rinadi. Uni zambilda olib chiqib ketishdi. Bizku o'zimizdan kuchsiz terma jamoaga qarshi bahs olib boryapmiz. Musobaqadan avval futbolchilarimiz o'zlarini asrashlari kerak, ammo ular nima uchun bu qadar jiddiy o'ynashyapti hayroman. Bu ketishda Osiyo Kubogiga qadar asosiy tarkib o'yinchilaridan ayrib qoladilar.


68. Boya, Hasanov va To'raev o'zaro yaxshi tushunib harakat qilishayotgan edi, endi Merzlyakov va Iskanderov shu tarzda o'ynashyapti. Hozircha yomon emas.


70. Merzlyakov o'z qanotidan to'pni jarima maydonchasi ichida turgan SHodievga etkazib berdi. Biroq Vohidning zarbasidan so'ng to'p to'g'ri himoyachilarga borib tegdi.


72. Yana bitta havfli hujum. O'zbekiston terma jamoasi hamma narsani yaxshi o'ylayapti-yu, ammo hujumni gol bilan yakunlaydigan futbolchi topilmayapti. Qolaversa falastin bor etiborini himoyaga qaratib, bexato harakat qilyapti. Jeparovning bu safargi to'p uzatishidan so'ng SHodiev zarba berdi. Biroq to'p yana himoyachilarga tegib o'z yo'nalishini o'zgartirdi.


75. Mana endi navbat Sardorga etib keldi. Ikki nafar futbolchini jarima maydonchasi ichiga aldab kirdi. Ammo to'pni o'zida ko'p ushlab yubordi. Ketidan qaytgan to'pni Iskanderov yana Rashidovga etkazib berdi. Sardor ea "zamax"da futbolchini ortda qoldirib Jeparovga. Ammo Serverni ikki nafar futbolchi yopib oldi. Katta extimol bilan SHodiev hozir maydonni tark etadi. Bugun uni o'yini qovushmayapti.


77. Raqib charchab bo'ldi. Jeparov o'ziga kelib oldi. Rashidov to'pni jarima maydonchasi ichi yaqinida To'raevga etkazib berdi, exxxxx qandaydir smlar bizga pand berdi. Iskanderov o'ng tomonga tushib oldi. Jeparov markazga.


77. Falastini ikkinchi taym hisobidan endi birinchi marotaba mustaqil yurish qildi. Ular batamom jarima maydonchasi ichiga mixlandilar.


78. SHavkat Mullajonov sariq kartochka oldi. O'rtada xato qildi va hakam tomonidan jazolandi.


80. Uchrashuv tugashiga 10 daqiqaga qoldi. Bu so'nggi o'rtoqlik o'yini bo'lganligi bois, murabbiyimiz hozir qolgan o'zgarishlarni ham amalga oshirsalar kerak. 


83. Anzur ham endi hujumda o'ynayapti. SHodiev o'rniga Navro'z Alimov maydonga tushyapti. SHu bola hozir uzoqdan gol ursa keragov...



86. GOLLLLLLL.... Ronaldu.... Yo'q, kechirasiz, Sardordoooo.... Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Sardor Rashidov 11 metrlik nuqta oldidan kuchli zarba berdi. Darvozabon shuni ham qaytardi, ammo to'pni ushlab qola olmadi. Sardorning ikkinchi zarbasini esa, "dodasi" ham qaytara olmasdi. Unga golli pasni Lutfillo To'raev berdi. Agar FIFA.uz bo'lganida 3 ochko ishlar edi. Ha, aytganday, 25 dekabrlarga qadar Osiyo chempionati ishga tushib qoladi FIFA.uzda.


88. To'raev Osiyo chempionatiga borgisi kelyapti. Bugun u yaxshi harakat qilyapti. Hozirgina u yana bitta yaxshi pas berdi. Faqat Navro'z Alimovga omad etishmadi. Uning zarbasidan so'ng to'p ustunga tegdi


89. So'nggi daqiqalar Falastin uchun qo'rqinchli ko'rinish olyapti. Jeparov navbatdagi burchak zarbasini yaxshi bajardi. Sal qoldi-ya...


90. Falastinga qoyin qolish kerak, Osiyo Kubogida bu terma jamoa ko'pchilikka bosh og'riq bo'ladi. Himoyalanishni eplashyapti. Qolaversa darvozabonlari ham chakki emas. Bizda Mullajonov o'rniga Krimec maydonga tushgan ekan, quvonchdan ko'rmay qolibmiz, uzr ))


90+2. CHurrrttttt tugadi.... Sizlar bilan Nodirxo'ja Yuldashev va Jurat Rahimov bo'ldilar.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика