So’nggi yangiliklar

10:09ЎзФҲМ "Алё, рэф!"га қарши: ҳакамлар Суперлиганинг 14-туридаги учта ўйинда нечта хатога йўл қўйишди?  0 09:52«Бавария» футболчиси «Барселона»га ўтмоқда  2 09:23Марко Ройснинг янги жамоасининг номи маълум  1 08:50«Андижон» кечаги ғалабадан сўнг тарихий натижани қайд этди  4 08:21ЦСКА селекционер-мураббий Аббосбек Файзуллаевни Испаниянинг қайси жамоасида ўйнаб кетишини айтди  3 07:52Про лига. Бугун 15-тур баҳслари давом эттирилади  3 07:20Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  4 04:28Футзал. ЖЧ-2004. Турнир остонасида қоқилган Ўзбекистон ҳамда бразилиялик футболчилар билан финалга қадар етиб борган Европа мамлакати ҳақида ҳикоя қиламиз  0 01:36Сергей Лушчан: "12 кунлик йиғин давомида футболчилар қулдек меҳнат қилишди. Бундай футболчилар билан ишлаш шунчаки ажойиб"  12 00:39Иван Бошкович: "120 дақиқа курашиш икки жамоа учун ҳам осон бўлмади. Ушбу таркибга ишонганим сабаб кўп трансферларга қўл урмадик"  5 00:32Сардор Рашидов жиддий жароҳат сабаб бир неча ойга сафдан чиқди  15 00:04Александр Хомяков: "Ҳар қандай жамоа кутилмаган сюрприз тайёрлаб қўйиши мумкин"  5 23:54"Ланс" назорат ўйинида "Версал"ни мағлуб қилди. Абдуқодир Ҳусанов бир тайм ўйнади  1 23:40Ўзбекистон Кубоги 1/4 финал. "Сўғдиёна" - "Навбаҳор" 2:3, Сайфиев сўнги дақиқада майдондан четлатилди  4 23:32Жамшид Саидов кубокдаги йирик мағлубиятдан сўнг: "Асосий мақсадимиз чемпионат ўйинларига қаратилган"  8

Sardor Rashidovni Osiyoga tanitgan o'yin Yangiliklar

Sardor Rashidovni Osiyoga tanitgan o'yin

Bir o'yin tarixi.

SARDOR RASHIDOVNI OSIYOGA TANITGAN O'YIN

Bir necha yil oldin Mirjalol Qosimov "Bunyodkor" asosiy tarkibida Sardor Rashidov ismli yosh yigitchani o'ynata boshlaganida o'zbek futboliga yana bir ajoyib istedod kirib kelganiga quvongandik. Futbolimiz kelajagi deb aynan Sardorni ko'rayotgandik. Afsuski, Sardor oldingi yulduzlarimiz Mirjalol Qosimov, Maksim SHackix, Odil Ahmedov, Server Jeparov darajasiga ko'tarila olmadi. Hozircha deb qo'shib qo'yaylik, chunki Sardor hali 7-8 yil bemalol yuqori saviyada o'ynashi va bu vaqt davomida o'zini ko'rsatishi mumkin. BAAga safari, to'g'risini aytish kerak, Sardor uchun oldinga qadam bo'lmadi. U «Bunyodkor»da ancha yaxshi o'ynardi. Qatarning "Al Jaish"ida ham Sardor yomon o'yin ko'rsatmagandi. Terma jamoa miqiyosida Rashidov qaysi o'yinda Osiyoga tanilganini eslaysizmi? 2015 yilgi Osiyo Kubogi doirasidagi Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda Sardor ikkita gol urgan va chinakam Osiyo futboli yulduziga aylangandi.

QOSIMOVGA BERILGAN IMKON

Esingizda bo'lsa, 2012 yilda terma jamoani Mirjalol Qosimov qabul qilib olgan va 2014 yilgi Jahon CHempionatining saralash o'yinlarida bosh murabbiy sifatida ish boshlagandi. Qosimovga tayyorgarlik uchun hech qanday vaqt berilmay hal qiluvchi saralashning birinchi turida Eronga qarshi mag'lubiyatdan keyinoq bosh murabbiylik topshirilganini eslasangiz kerak. O'sha saralashni uchinchi o'rinda yakunlagan terma jamoamiz qitalararo saralashda qatnashish uchun Iordaniya bilan bahs olib borgandi. Toshkentda o'tgan javob o'yinida iordaniyaliklar penaltilar seriyasiga ko'ra g'alaba qozonib Urugvay bilan o'ynash imkoniga ega bo'lgandi. O'sha uchrashuvdan keyin Mirjalol Qosimov istefo so'rashini, terma jamoaga yangi qon kerakligini aytgandi. Biroq Mirabror Usmonov murabbiyning bu qarorini keskin rad etib unga ishonch bildirishda davom etishini malum qilgandi. SHu sabab Avstraliyada o'tgan Osiyo Kubogi Mirjalol Qosimov uchun oxirgi imkon edi. Biz oldingi Osiyo Kubogida yarim finalgacha etib borgandik va Qosimov uchun 4 yil oldin qayd etilgan Abramovning natijasini kamida takrorlashgina ijobiy deb qaralishi mumkin edi.

UCHINCHI TURDAGI FINAL

Yigitlarimiz Xitoy, SHimoliy Koreya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olishgandi. Ular musobaqani SHimoliy Koreyaga qarshi o'yin bilan boshlashadi. SHimolliklarga qarshi o'yinda Igor Sergeevning bosh bilan urgan ajoyib goli futbolchilarimizga g'alaba keltirgandi. Ikkinchi turda esa Qosimov shogirdlari kutilmaganda Xitoyga imkoniyatni boy berishadi. Xitoy hammani mag'lub etib guruhni etakchi sifatida yakunlagani sabab bu mag'lubiyatni kutilmagan deb atash unchalik to'g'ri emasdir aslida, lekin darajamiz yuqoriroq bo'lgani sabab biz Xitoyga qarshi o'yinda engilmasligimiz kerak edi. Qizig'i, 1:2 hisobida yakunlangan bu o'yindagi yagona golimizga keyinchalik Xitoy chempionatiga yo'l olgan Odil Ahmedov mualliflik qilgandi. Demak biz uchinchi turga 3 ochko to'plagan holda etib borgandik. O'z navbatida Saudiya ham xuddi biz kabi SHimoliy Koreyani engib, Xitoyga mag'lub bo'lgan holda uchinchi tur oldidan uch ochko to'playdi. Saudiya va O'zbekiston o'rtasidagi o'zaro o'yinda keyingi bosqichga guruhdan Xitoy bilan birga chiqadigan jamoa nomi aniq bo'lishi kerak edi. Arablarni durang natija ham qanoatlantirar (to'plar nisbati yaxshiligi sabab), Qosimov jamoasi esa faqat g'alaba qozonishi shart edi.

BU GAL HAKAMLAR HAM YORDAM BEROLMAGANDI

Saudiya futbolida o'sha yillarda pasayish kuzatilayotgani sabab biz eslayotgan o'yinda O'zbekistonning imkoniyatlari yuqoriroq deb qaralayotgandi. Bu taxminlar o'zini oqlaydi ham. Vakillarimiz ikkinchi daqiqadayoq hisobni ochishadi. Qosimov oldingi ikki o'yinda Sardor Rashidovni faqat zahiradan maydonga tushiradi. Saudiyaga qarshi hal qiluvchi o'yinda esa murabbiy Server Jeparov o'rnida aynan Sardor Rashidovni o'ynatadi. "Bunyodkor"da ajoyib o'yin ko'rsatayotgan hujumkor Rashidov esa bu tanlov qanchalik to'g'ri bo'lganini ikkinchi daqiqadayoq isbotlaydi. Qanotda raqib himoyachilaridan ikkitasini tezlikda ortda qoldirgan yarimhimoyachimiz darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib boradi. O'tkir burchakda turganiga qaramay Sardor darvoza tomon aniq zarba yo'llaydi. Unchalik kuchli bo'lmagan, lekin juda aniq zarba Saudiya darvozabonining oyoqlari orasida o'tib darvozadan joy oladi – 1:0. Birinchi bo'lim shu hisob bilan yakunlanadi.

Ikkinchi bo'lim avvalida esa o'zbekistonlik muxlislari xushlamaydigan avstraliyalik hakam Benjamin Uilyams yo'q joydan darvozamiz tomon penalti belgilaydi. Vitaliya Denisov raqib hujumchisi bilan jarima maydonchamiz ichida to'p uchun kurashadi va Naif Hazozi kutilmaganda yiqilib tushadi. Futbolchilarimiz qoida buzilganini xayollariga ham keltirmay ortga qaytishayotganda avstraliyalik saviyasiz, lekin katta musobaqalarda doim ishlaydigan hakam darvozamiz tomon penalti belgilaydi. Muhammad al-Sahlavi esa zarbada adashmaydi – 1:1. Bu goldan keyin Qosimov tezda Jamshid Iskanderov o'rniga hujumchi Vohid SHodievni tushiradi va bu o'zgarish o'z samarasini beradi. 71-daqiqada Vohid SHavkat Mullajonovning qanotdan uzatgan to'pini bosh bilan darvozaga joylab qo'yadi – 2:1. O'yindagi yakuniy nuqtani esa 78-daqiqada Sador Rashidov qo'yadi. Vakillarimiz hujumga zo'r bergan arablarni qarshi hujumda jazolashadi. Jasur Hasanov chap qanotdan to'pni darvozaga yaqinlashib borayotgan Rashidovga uzatadi. Sardor esa jarima maydonchasiga kiraturib bir himoyachini aldaydi-da sekingina darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oladi – 3:1. Sardor qo'llarida "Yo'q" ifodasini qilib o'yinda kim g'olib bo'lishiga shubha qolmaganini bildiradi. 

Uchrashuvdan so'ng Sardor Rashidov quyidagicha izoh qoldirgandi:

"Bugungi o'yindagi ikki golim g'alaba qozonishimizga va chorak finalga chiqishimizga yordam berganidan xursandman. Qo'llab-quvvatlab turishgani uchun muxlislarga rahmat. Bugun jamoaviy o'yin hisobiga g'alaba qozondik"

"Saudiya Arabistoni terma jamoasidan alamimiz bor edi. O'sha alamimizni bugungi o'yinda oldik", – deya fikr bildirgandi "Lokomotiv" vingeri Sardor Rashidov.

Eslatib o'tamiz, Sardor Rashidov 2014 yil yanvarida O'zbekiston terma jamoasi safida U-22 Osiyo chempionatida ishtirok etgan, o'shanda o'zbekistonliklar guruh bosqichining so'nggi tur o'yinida Saudiya Arabistoniga imkoniyatni boy berib, guruhdan chiqa olishmagan edi.

OsiyoKubogi- 2015
“V” guruhi
3-tur
O'ZBEKISTON — SAUDIYA ARABISTONI 3:1

Gollar: SardorRashidov (2, 78), VohidSHodiev (71) –Muhammadal-Sahlavi (60, penaltidan).
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, SHavkat Mullajonov, Anzur Ismoilov, SHuhrat Muhammadiev (87, Akmal SHorahmedov), Vitaliy Denisov, AzizHaydarov, OdilAxmedov, SardorRashidov (89, Sanjar Tursunov), Jasur Hasanov, Jamshid Iskanderov (66, VohidSHodiev), Bahodir Nasimov.
Zaxira: Eldor Suyunov, Akbar To'raev, Egor Krimec, Farrux Sayfiev, Timur Kapadze, Lutfulla To'raev, Server Jeparov, Igor Sergeev.
Bosh murabbiy: Mirjalol Qosimov.

Lekin, shunday yorqin g'alaba dan so'ng, vakillarimiz chorak finalning o'zidayoq musobaqani tark etishadi. Murosasiz va jangovar ruhda kechgan bellashuvda "Osiyo yo'lbarslari"ning iqtidorli hujumchisi Son Xyon Min qo'shimcha ekstra-taymlarda ikkita gol urib, O'zbekiston milliy terma jamoasini uyga ravona bo'lishiga sabab bo'ladi.

Nodir Abdurasulov tayyorladi

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика