So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  88 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  26 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2

Sardor Rashidov: “Jamoadoshlarim hazillashib ham “zvezda” deb jig'imga tegishsa seskanib tushaman” Yangiliklar

Sardor Rashidov: “Jamoadoshlarim hazillashib ham “zvezda” deb jig'imga tegishsa seskanib tushaman”

SHu yilning 2 aprel kuni Osiyo CHempionlar ligasi doirasida “Bunyodkor” Xitoyning “Beyczin Guan” klubini qabul qildi. “Qaldirg'ochlar” qanchalik xarakat qilishmasin, mehmon jamoa darvozasiga yo'l topa olishmadi.
Uchrashuvning 75-daqiqasida Mirjalol Qosimov kutilmagan o'zgarishni amalga oshirdi: chap qanot egasi Jasur Xasanov o'z o'rnini Sardor Rashidovga bo'shatib berdi. Nufuzli musobaqada tajribali o'yinchini yoshlar tarkibi azosiga almashtirish ancha tavakkal qadamdek ko'ringandi. Biroq Rashidov tezkor hujumkorligi bilan o'yinni ancha jonlantirdi va muxlislar etiboriga tushdi.

Ordan 5 oy vaqt o'tib, mamlakat chempionatidagi “Navbahor” bilan uchrashuvda u ilk bor asosiy tarkibdan joy oldi va o'yinda o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Bir oy o'tib esa, milliy terma jamoa safida maydonga tushdi va Vetnam termasi darvozasini ishg'ol qilib, millionlab ishqibozlar hayqirig'iga sababchi bo'ldi. Albatta bunday omadli debyut hammaga ham nasib qilavermaydi. Lekin Sardor Rashidov bu zafarli onlarga osonlikcha erishgani yo'q. Ilk martta 2010 yil “Bunyodkor” tarkibida maydonga tushgan futbolchi keyingi ikki mavsumni yoshlar tarkibida o'tkazishiga to'g'ri keldi. Buning sabablari va umuman bu yil kashfiyotga aylangan futbolchini muxlislarga yaqinroq tanishtirish maqsadida u bilan uyushtirgan suhbatimiz uning futbolga ilk qadam tashlagan paytlarini yodga olish bilan boshlandi.

- 1991 yil Jizzax shahrida tug'ilganman. SHahardagi 6-o'rta maktabda tahsil olganman. 6 yoshimdan Jizzax Bolalar-o'smirlar sport maktabida futbol to'garagiga qatnaganman. Birinchi murabbiyim Dilyaver aka. Keyinchalik Vadim Mametovich va Usmon akalar qo'l ostida shug'ullanganman (futbolchilarning aksariyati bolalikdagi murabbiylari familiyasini bilmasligi – fakt, muall.). 2008 yil “So'g'diyona” klubi yoshlar tarkibiga qabul qilinganman. U erdagi murabbiyim SHuxrat Yo'ldoshev bo'lgan. Lekin asosiy tarkib bosh murabbiyi Furqat aka Esonboev tavsiyasiga ko'ra mashg'ulotlarni bosh jamoa bilan birga o'tkazardim. 2009 yil “So'g'diyona” tarkibida oliy ligada ikki uchrashuvda maydonga tushganman: “SHo'rtan” va “Andijon” jamoalariga qarshi o'yinlarda. Lekin “Bunyodkor”dan taklif bu uchrashuvlardan keyin emas, aynan “qaldirg'ochlar” yoshlar tarkibidagi ikki o'zaro o'yindan so'ng bo'lgan. U paytda hujumda o'ynar edim va o'zaro o'yinlardan so'ng “Bunyodkor” murabbiylari Hikmat aka Ergashev va Murod aka Otajonov ularga mening uslubimdagi yosh hujumchi kerakligi, rozi bo'lsam, “So'g'diyona” klubi bilan o'zlari kelishib olishlarini haqida fikr bildirishdi. “Bunyodkor” o'sha paytda shov-shuvli transferlari bilan nafaqat mamlakat, balki butun dunyoda nom taratishga ulgurgan edi. Bu taklifdan boshim osmonga etdi va uydagilar bilan maslahatlashib, Toshkentga yo'l oldim. Aniqrog'i, Toshkent viloyatining CHirchiq shahriga. CHunki yosh “qaldirg'ochlar”ning bazasi o'sha erda joylashgan edi va shu boisdan uch yil davomida CHirchiq mening ikkinchi uyim bo'lib qolgan.

- Hujumchi Sardor Rashidov qachon va kim tomonidan qanot yarim himoyachisiga aylantirildi?
- 2010 yilgi qishki o'quv-mashg'ulot yig'inlarini yoshlar tarkibida o'tkazdim. Lekin aynan o'sha paytda “Bunyodkor” asosiy tarkibi tubdan o'zgardi. Jamoani deyarli barcha etakchilar tark etishdi. Klub murabbiylari mamlakatdagi boshqa tajribali futbolchilarni taklif qilish barobarida biz yoshlarga ham etibor qaratdilar. “Bunyodkor” tarkibidagi ilk uchrashuvim 2010 yil 26 iyun kuni O'zbekiston kubogi doirasidagi “Andijon” jamoasi bilan o'yinga to'g'ri keldi. O'shanda Mirjalol Qo'shoqovich meni zahiradan chap qanot yarim himoyasiga tushirdilar va nafaqat hujumni kuchaytirishim, balki himoyaga ham yordam berishga ulgurishim lozimligini uqtirdilar. SHundan so'ng mening maydondagi joyim qanot chizig'iga aylandi. O'sha kuni biz 3:1 hisobida zafar quchdik. Oradan bir hafta o'tib, kubokning navbatdagi bosqichida “Neftchi” bilan o'yinda yana zahiradan maydonga tushdim va biz bu bahsda ham g'alaba qozondik – 4:1. 26 avgust kuni “Navbahor” bilan o'yin esa o'sha yilgi mamlakat chempionatida mening ilk va so'nggi o'yinim bo'ldi...

- Nafaqat o'sha yilgi, balki keyingi ikki mavsumni ham yoshlar tarkibida o'tkazding. Buni qanday izohlagan bo'larding?
- Avvalo o'zim sababchiman. Menga bir emas, uch o'yinda imkon berishdi. Lekin hali yosh bo'lganim uchun qattiq hayajonlanganman va o'yinim chiqmagan. Ikkinchidan, yoshlar tarkibida murabbiylar har bir o'yinchini qanday ko'ra olishi ham ko'p narsani hal qilardi. Masalan yoshlar tarkibida to'rt yilda murabbiy besh marta almashdi. Meni Ergashev-Otajonov tandemi taklif qilgan bo'lsa, keyinchalik yoshlarga Robert Gay, Aleksandr Mochinov, Andrey Pinchukov va yana Mochinov bosh bo'lishdi. O'z-o'zidan tarkibdagi o'zgarishlar va o'yin uslubi ham bir-biridan farq qildi. Va uchinchisi, eng muhimi – “Bunyodkor” har qanday musobaqada qatnashishidan qatinazar o'z oldiga eng yuqori maqsadlarni qo'yadigan klub va uning tarkibidan joy olish hammaga ham emas. Men faqat 22 yoshga to'lib shunga erishdim, lekin xali ham o'zimni asosiy tarkib o'yinchisi deb hisoblamayman. Terma jamoada gol urib, “Bunyodkor”ning keyingi o'yinida zahirada qolishim kimlar uchundir tushunarsizdir, lekin men buni to'g'ri qabul qilaman. Sababi etakchilar darajasiga etishishim uchun xali o'z ustimda juda ko'p ishlashim kerak.

- Ikki yil yoshlar tarkibiga “surgun” qilinganingdan so'ng, asosiy tarkibdagi ilk uchrashuving Osiyo CHempionlar ligasi bahsiga to'g'ri keldi. Bu safargi hayajonni qanday engding?
- Yordamchi murabbiylar tayyorgarlik ko'rishim lozimligini bildirishgandan so'ng qattiq hayajonga tushdim. Yuragim urishi shundoq o'zimga eshitilib turardi. Lekin Mirjalol aka yonlariga chaqirib o'zimni bosib olishim, xech narsadan cho'chimasdan xarakat qilishim, asosan bexato o'ynab, hujumni kuchaytirishim darkorligini aytdilar. Tirsagimni otalarcha ushlab, fikrlarini hotirjam etkazganlari meni ham o'zimga keltirdi. Boz ustiga mendan oldin tengdoshim Alibobo Rahmatullaev ham maydonga tushgan va tezda o'yinga kirishib ketgani ham menga dalda bo'ldi. Xitoyliklar himoya markazida mustahkam qo'rg'on xosil qilganliklari sabab, biz Ali ikkalamiz qanotlar faolligini oshirishimiz lozim edi. Afsuski, maydon xolati bunga to'liq imkon bermadi.

- Zero Rashidov sekin-asta maydonga tushirilsa-da, chap qanotni o'ziniki qilib olishi mushkul edi. Sababi bu poziciya terma jamoa azosi Jasur Xasanovga “bron” qilinishidan tashqari, Oleg Zoteev ham unga davogar edi...
- Balki ishonmassiz, lekin o'zim chapaqay bo'lsam-da, menga o'ng qanotda o'ynash ko'proq yoqardi. Sababi, tezkorlik bilan qochib keta turib, himoyachi endi etay deganda to'pni chap oyoqqa moslab zarba berish o'zimga huzur bag'ishlardi. Vetnam terma jamoasi darvozasiga ham deyarli shu xolatda gol urishga muvaffaq bo'ldim. SHu bois ham qanotlar maslasi men uchun katta muammo bo'lmagan. Imkon berilsa, avvalgi poziciyamga qaytib hujumda ham o'ynayveraman (kuladi).

- Milliy terma jamoaga ilk chaqiruv. Bu har bir futbolchining orzusi hisoblanadi. Birinchi bor buni qay tariqa va kimdan eshitding? Klubda O'FFdan telegramma kelganini xabar berishdimi yoki Mirjalol Qosimov o'zingga aytganmidi?
- Yoshlar tarkibida 5-6 futbolchi akademiya bazasida yashaymiz. SHular internetni o'qib “Voy, Sardor Rashidov termada!” deb bir-birlariga ko'rsata boshlashdi. Men kelishib olib kalaka qilishayapti, deb o'yladim va ahamiyat bermadim. O'zimga ko'rsatishganda esa ichim shuvillab ketdi. Unda O'FF rasmiy sayti Mirjalol Qosimov navbatdagi yig'inga chaqirgan futbolchilar ro'yxati elon qilingan va ular orasida mening ham nomim bor edi. To'g'ri, bu kengaytirilgan tarkib bo'lib, o'rtoqlik uchrashuvi uchun taqdim etilgan bo'lsa-da, juda yoqimli tuyg'u edi. Eng qizig'i, terma jamoadagi ilk uchrashuvim o'rtoqlik maqomida “Bunyodkor”ga qarshi kechdi va dastlabki norasmiy golni ham “qaldirg'ochlar” darvozasiga kiritdim.
Keyingi safar Vetnam bilan bo'ladigan o'yinda rasmiy ravishda chiqirilganimda esa mendan baxtli kishini topish mushkul edi. Xursandchiligimni kim bilandir baham ko'rishim kerak deb o'yladim va ota-onamga qo'ng'iroq qildim. Ularning xolatini o'zingiz tasavvur qilavering.

- Agar Rashidovlar oilasi haqida aniq malumotga ega bo'lsam, tasavvur qilishga xarakat qilardim...

- Oilada 5 kishimiz: ota-onam va 2 ukam. Otam elektr tarmoqlari sohasida ishlaydilar. Onam maktabda muallima. Ukalarim ham mening izimdan borishmoqda. Sanjar “So'g'diyona” klubi sharafini himoya qilayotgan bo'lsa, kichik ukam men futbol sirlarini o'rgangan BO'SMda tahsil olayapti.

- Uchchala o'g'il ham futbolchi bo'lishiga ota-ona qanday qaramoqda?
- Otam o'zlari yoshliklarida futbol bilan shug'ullanganlari, keyinchalik ashaddiy ishqibozga aylanib, uchchovimizni o'zlari etaklab, futbol maktabiga olib borganlari uchun orzulari ushalayotganidan beadad shukr qiladilar. Meni maktabga chiqishimni ham kutmasdan futbolga berganlari tufayli, bog'chada hamma tushki uyquga ketganda BO'SMga olib borishlarining o'zi, ular farzandlari futbolchi bo'lishga qanchalik intilganlarini ko'rsatadi. Onam esa “xech bo'lmasa bittasi ilmli bo'lsin” degan niyatda kichkina ukamni o'qishga ko'ndirish bilan ovoralar (kuladi).

- Uydan uzoqqa, yani poytaxtga ko'chib o'tishingni qanday qabul qilishgan?
- Yuqorida aytganimdek, futboldagi har bir yutug'im otamning orzulari ushalayotganidan darak beradi. “Bunyodkor”dan taklifni ham otam hayotimdagi eng katta imkoniyatlardan biri sifatida baholagan. Onamni esa barcha ayollar muammo sifatida ko'radigan maishiy masalalar bezovta qilgan, yani yashash sharoitim, issiq ovqat va yurish-turishim. Otam CHirchiqqa kelib “Kimyogar” bazasida sharoitlar bilan tanishgach, bu muammoga ham barham berilgan. Lekin onam o'g'illaridan hech bo'lmasa bittasi ilmli bo'lsin deb kuyinishida ham jon bor. Men faqat futbol uchun yashashim kerak deb o'qishga xarakat qilmadim. Malumotim ham 11-sinf bitiruvchisi darajasida qolib ketdi. Biroq bu hozircha. Erta-indin futbolda o'z o'rnimni topib olganimdan so'ng, albatta o'qishga xarakat qilaman va nasib qilsa, futbolchilik faoliyatim tugaganda biror soha bo'yicha diplomim bo'ladi!

- Endi mashhurlik haqida gaplashsak. Terma jamoadagi ilk uchrashuvda, boz ustiga raqib o'z darvozasini mustahkam qo'riqlab turgan pallada Sardor Rashidov maydonga tushdi. Kuchli zarba bilan hisobni ochdi va millionlab tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'ldi. Yani ertasiga mashhur bo'lib uyg'ondi. SHundan so'ng uning hayotida qanday o'zgarishlar sodir bo'ldi?
- Boshida yoqimli hislar paydo bo'ldi. O'zimga bo'lgan ishonch ortdi. Men ana shunday darajada va bundan ham zo'r o'ynashim mumkin degan davat uyg'ondi. Lekin atrofdagilarning munosibatiga o'rganishim qiyin bo'lmoqda. Televideniening bir ko'rsatuviga chaqirishgan edi, darxol rad javobini berdim. Xuddi men ko'rsatuv qahramoni bo'laman va yulduzlik kasaliga uchrayman degan qo'rquv egallab oldi. Internetda do'st bo'lishni istovchilar soni keskin oshdi. Deyarli munosabatlari yo'q maktabdoshlar va tanish-bilishlar yo'qlovi boshlandi. Ochig'i, men bunga tayyor emas ekanman. Yani yana bir necha yil menga xech kim xalaqit bermasa, shunisi foydadan xoli bo'lmaydi, deb hisoblayapman.

- Jamoada kimlar bilan yaqin munosabatdasan?
- Javlon Mirabdullaev bilan 4 yildan beri birgamiz. SHuningdek, bazadagi xonadoshim, yoshlar tarkibida o'ynayotgan Zokir Nurmatov bilan. Ularni bemalol sirdosh do'stlarim deb atasam bo'ladi. Asosiy tarkibga o'tish jarayonida ancha hadik bo'lgan. Lekin Anvar Berdiev, Igor Taran, Artyom Filiposyan singari kattalar meni o'z qaramog'iga olishdi. Yani o'yinlarda qo'llab-quvvatlashadi, xatolarimni to'g'ri tushuntirishadi, mashg'ulotlarda kamchiliklarimni ko'rsatishadi. Ulardan minnatdor bo'lgan xolda, yosh futbolchi uchun kattalar ko'magi juda muhim ekanini alohida takidlamoqchi edim.

- Lekin maydonda senga qattiq tanbeh berganlarni ham kuzatdik. Oleksandr Pishurning baqirishidan so'ng cho'kib qolgandek bo'lding. Buni keyin matbuot anjumanida bosh murabbiyning o'zi ham tasdiqladi...
- Aslida u boshimni ko'tarib o'ynashimni aytib to'g'ri tanbeh bergandi. Lekin tovushining balandlatishi haqiqatan ham sarosimaga solib qo'ydi va keyingi vaziyatda gol urishim mumkin xolatda ham to'pni sherigimga oshirdim. Tanaffusda Mirjalol Qo'shoqovich bir-birimizni qo'llab-quvvatlashimiz, kuch birlik va ahillikda ekanini yana bir takidlaganlaridan keyin hammasi o'z o'rniga tushdi.

- Boya yulduzlik kasaliga uchrashdan qo'rqaman deding...
- Dadam yulduzlik kasaliga uchrab, faoliyatini erta tugatgan sportchilar va sanatkorlar haqida ko'p gapirib berganlar. Ko'plab misollar keltirganlar. SHu boisdan bo'lsa kerak, jamoadoshlarim hazillashib ham “zvezda” deb jig'imga tegishsa seskanib tushaman. Nahotki menda qandaydir o'zgarish sodir bo'ldi deb. Birinchidan hali “yulduz” emasman va shu darajaga etamanmi yoki yo'qmi Xudo biladi. Lekin bu kasallikka uchrashimga dadamning o'zi yo'l qo'ymasa kerak. Sababi, har safargi yutug'imdan so'ng qo'ng'iroq qilganida tabriklashga bir daqiqa vaqt ajratsa, suhbatning qolgan qismi nasixat va tergash bilan o'tadi (kuladi).

- Klub bilan shartnomang qachongacha imzolangan?
- Dastlabkisi 3 yilga imzolangan bo'lib 2012 yil nihoyasiga etgan. Keyin yana 3 yillik shartnomaga imzo chekdim va u 2015 yilda yakuniga etadi.

- Futbolchilar hozir yaxshi pul topishadi. Ayniqsa muntazam ravishda yuqori o'rinlarni egallaydigan klublarda. Sen maydonda ter to'kib topgan pulingni qanday sarflaysan?
- Odatda o'yinning ertasiga dam beriladi. Bazida har hafta, bazida ikki haftada bir martta. SHunday paytlarda uyga yo'l olaman va pullarni dadamga topshiraman. 80 yoshlik buvam borlar. Uyimizga yaqin joyda amakim bilan yashaydilar. Pulga muhtoj emaslar, lekin ularning duolarini olish maroqli. Qo'llariga “bu mening maoshim” deb topshirsam, nevaram Toshkentda ishlab menga pul olib kelayapti deb uzundan-uzoq duo qiladilar.

- Balki yaxshi topayotganingda to'plab, poytaxtdan uy yoki xonadan olib qo'yish maqsadga muvofiq bo'lar?
- Hozir bazamizdagi sharoit alo darajada. Yotib-turish, oziq-ovqat, kiyim-kechakdan muammo yo'q. Jamoadoshlarimning aksariyati yonimda, demak zerikishga ham vaqt yo'q. Qolaversa ota-onamdan uzoqlashib ketish niyatida ham emasman. O'qishni Jizzaxda davom ettirmoqchiman. Uy-joyim ham o'sha erda bo'lishini istayman.

- Yaqin oradagi rejalar nimalardan iborat?
- Nimagaligini bilmayman, lekin terma jamoamiz Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiriitshiga juda-juda ishongandim. Bu yil terma jamoaga jalb qilishlarini xatto orzu ham qilmaganman, lekin ko'nglimning bir chetida Braziliyaga terma jamoa tarkibida borish umidi bor edi. O'ylab qarasam, orzuni katta ko'lamda olgan ekanman. Endi hammasini bosqichma-bosqich amalga oshirishni reja qilayapman. “Bunyodkor” tarkibida mamlakat chempionligini qo'lga kiritish va Osiyo chempionlar ligasida zafar quchish. Terma jamoa safida Avstraliya maydonlarida Osiyo kubogini bosh uzra ko'tarish. 2018 yilda, Xudo umr bersa 27 yoshga to'lgan bo'larkanman. Jahon chempionati final turnirida ishtirok etish uchun eng maqbul yosh, nima dedingiz?!

Abror IMOMXO'JAEV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика