So’nggi yangiliklar

09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  0 08:59МЮ қишда ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи. Жамоа иккита футболчидан бирини танлайди  0 08:31Месси яна бир мундиалда ғалаба қозониш ёки "Олтин тўп"ни қўлга киритиш ўртасида танлов қилди  4 08:03МЮ "бразилиялик Холанд"га қизиқиш билдирмоқда  0 07:37Аморим: "У мен учун ҳақиқий намуна"  0 00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  2 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  11 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  5 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2

Sardor Rashidov: “Xavi baribir Xavi ekan” Yangiliklar

Sardor Rashidov: “Xavi baribir Xavi ekan”

Teglar :  Sardor RashidovXavi
Qatar yulduzlar ligasida to'p tepayotgan yagona hamyurtimiz Sardor Rashidov qisqa fursat ichida mahalliy chempionatga moslashib oldi.

“Al Jayish” jamoasida o'z o'rniga ega bo'lib ulgurgani ham futbolchimizga munosib baho berishga arziydi. Hozirgacha o'z hisobiga 7 ta gol yozib qo'yishga ulgurgani ham Sardorning o'z jamoasida samarali o'yin ko'rsatayotganidan dalolat bermoqda. Klub bosh murabbiyi franciyalik Sabri Lyamushi ham hamyurtimizning o'yiniga yuqori baho berayotgani ham biz uchun quvonarlidir. SHu bois ham Rashidov doimiy tarzda “Al Jayish”ning asosiy tarkibidan joy egallab kelmoqda. Bemalol ayta olamizki, klub tomonidan amalga oshirilgan transferlar orasida Sardor eng muvaffaqiyatlisi sifatida etirof etilmoqda.

Hozirgi paytda uning jamoasi musobaqa jadvalida kuchli uchlikdan joy egallab turibdi. “Al Jayish”ning maqsadi esa chempionlikni qo'lga kiritishdan iborat. Lekin futbolchimizning aytishicha, Qatar yulduzlar ligasidagi shiddat tobora kuchayib boryapti. Bunga sabab taniqli futbolchilarning Qatar chempionatida to'p surayotgani mahalliy futbolning saviyasini yanada oshishiga xizmat qilmoqda. Bu borada Sardor Rashidov ham o'z o'yinlari hamda gollari bilan mahalliy muxlis va mutaxassislar etiborini qozonmoqda. Yaqinda Xavi to'p surayotgan “Al Sadd”ga qarshi kechgan o'yinda “Al Jayish” 4:2 hisobida g'alaba qozondi va Rashidov raqib darvozasini shunday ishg'ol qildiki, buni faqat ko'rish kerak. Futbolchimiz jamoasining g'alabasiga munosib hissa qo'shdi va shundan keyingi o'yinlarda ham “Al Jayish” g'alabalar qozonishda davom etmoqda. Yaqinda Sardor bilan bog'langanimizda avvalambor Xavining jamoasiga urgan goli haqida so'radik.   

-   Avvalo “Al Sadd”ga qarshi o'yin haqida gapirib bersangiz. O'sha uchrashuvda raqib darvozasiga urgan golingiz faoliyatingizdagi eng yaxshisimi yoki...
-   “Al Sadd” jamoasiga qarshi o'yin juda yaxshi kechdi. CHinakamiga derbiga xos uchrashuv bo'ldi. Bunday o'ta muhim bellashuvda g'alaba qozonganimiz biz uchun juda ham muhim edi. Mazkur bahsda raqib darvozasiga kiritgan golim muhim rol o'ynaganidan albatta xursandman.

-   Siz faoliyatingizda ilk bor ispaniyalik Xaviga qarshi o'ynadingiz. U sizda qanday taassurot qoldirdi?
-   Xavi baribir Xavi ekan. U rostdan ham yulduz o'yinchi ekanligiga yana bir bor iqror bo'ldim. Odatdagidek, maydonda juda yaxshi o'ynadi. Jamoadoshlariga juda aniq paslarni oshirdi. Bu futbolchidan ko'p narsalarni o'rgansa bo'ladi.


-   “Al Jayish” nimagadir ketma-ket ikkita uchrashuvda yutqazib qo'ygandi. Keyin esa yana g'alabalar qozonishga kirishdi. O'zi klubga nima bo'ldi? Balki barqarorlik etishmayotgandir...
-   Albatta, hech kimga ketma-ket mag'lubiyatlar yoqmaydi. Bunday mag'lubiyatlarga uchrashimizni kutmagandik. O'ylashimcha, bunday holatga tushib qolishimizga ayrim futbolchilarimizning jarohat olgani ham sabab bo'ldi. Ayniqsa, himoya chizig'i vakillarining safdan chiqishi o'z tasirini ko'rsatdi va tarkibda o'zgarishlar bo'ldi. Lekin ayni paytga kelib yana o'zimizga keldik deb o'ylayman.

-   Sardor, ushbu mag'lubiyatlar “Al Jayish”ning chempionligiga salbiy tasir ko'rsatmasmikin, nima deb o'ylaysiz?
-   Afsuski, o'sha mag'lubiyatlarimiz chempionlik uchun kurashdagi imkoniyatlarimizga tasir ko'rsatadi, bu tan olmasdan ilojimiz yo'q. Lekin bu – futbol. SHu bois hech nimaga etibor bermasdan oldimizga qo'yilgan maqsadimiz sari o'ynashda davom etishimiz kerak. Kim chempion bo'lishini esa mavsum oxirida ko'ramiz. Ungacha esa kurashda davom etamiz. Hali mavsum yakunlangani yo'q.

-   Yangi yil bayramini kim bilan qanday nishonladingiz?
-   Yangi yil bayramini juda yaxshi va ko'tarinkilik bilan o'tkazdim. Jamoadoshim va tarjimonim bilan birgalikda nishonladik. Hammasi ajoyib bo'ldi.

-   Ayni paytda siz to'purarlar qatorida boryapsiz. Rostini ayting, “Al Jayish”dagi faoliyatingiz mana shunday sermahsul boshlanishini kutganmidingiz?
-   To'g'risini aytsam, bunchalik samarali bo'lishini kutmagandim. Bu darajada katta ishtiyoq bilan gol urishga kirishib ketishimni o'ylamagandim ham. Lekin gol urish mening vazifam. SHu bois jamoamga yordam berishim shart. Bu yo'nalishda samarali ishlashda davom etaveraman.

-   Qatar chempionatida ko'proq gollar urayotganingizni hisobga olganda, u erda gol urish nisbatan osonroq bo'lyaptimi?
-   Gol urish siz o'ylagandek unchalik ham oson ish emas. Bilasizmi, bu erda aksariyat futbolchilar haqiqiy professionallar. SHu bois o'z vazifasiga aynan professional darajada yondashadilar. Bu bilan nima demoqchiman? O'yin paytida barcha jamoadoshlarim faqat o'z ishini qilishadi va doimo bir-birimizga yordam beramiz. SHeriklarim esa meni ko'plab yaxshi vaziyatga chiqarishmoqda. Bu esa menga gol urishda ancha qulaylik tug'diryapti.

-   Doim barcha jamoadoshlarim bilan yaxshi munosabatdaman deysiz. Ammo ayni paytga kelib ko'proq qaysi futbolchilar bilan maydonda va maydondan tashqarida ko'proq muloqotda bo'lyapsiz?
-   Yaxshi savol. Rostini aytsam, ko'pincha braziliyalik Romarino meni boshqalarga qaraganda yaxshiroq tushunadi. Mashg'ulotlar jarayonida ham bir-birimiz bilan yaxshi kelishgan holda ishlaymiz.


FIRDAVSXON

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика