So’nggi yangiliklar

13:50"Галатасарой" Мессига қизиқмоқда  5 13:22U-17 жаҳон чемпионати. Ўзбекистонлик ҳакамлар бугун АҚШ — Тожикистон ўйинида ишлашади  1 12:48"Бухоро" ва "Нефтчи" жамоалари ўртасида дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 12:33U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Европа жамоаларига фақат бир марта ютқазган  10 12:00Championat.Asia ва Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг октябрь ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  0 11:32Левандовски қишда "Барса"дан кетишни режалаштирмаяпти. Унинг 2026 йилнинг ёзида эркин агент бўлиб кетиш эҳтимоли юқори  2 10:41Италиянинг Молдова ва Норвегияга қарши баҳслар учун қайдномаси маълум қилинди  0 10:12Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди  13 09:49"Пахтакор" афсонаси, собиқ футболчиси Тўлаган Исоқов вафот этди  11 09:43А Сериянинг октябрь ойидаги энг яхши футболчиси ва мураббийи маълум қилинди  0 09:14ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:45Португалия терма жамоаси ЖЧ саралаш учрашувлари учун қайдномасини эълон қилди  3 08:29Суперлига. ОКМК – "Навбаҳор" 3:1   0 08:16Sofascore. Туркияда тўпурарга айланиб олган Шомуродов кечаги баҳсда қандай баҳога лойиқ кўрилди?  12 07:47U-17 ЖЧ. Осиё жамоаларидан ҳар хил натижалар. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0

Sardor Rashidov: "Udineze" va "Verona"ga qarshi bahslarga tayyorgarlik ko'ryapmiz" Yangiliklar

Sardor Rashidov: "Udineze" va "Verona"ga qarshi bahslarga tayyorgarlik ko'ryapmiz"

Qatarning "Al Jaish" klubi azosiga aylangan Sardor Rashidov ayni paytda jamoasi bilan Avstriyada bo'lib turibdi.

Kecha mahalliy "Linc"ga qarshi maydonga chiqqan qatarliklar safida Rashidov ikkinchi bo'limda maydonga tushib yangi klubidagi debyutini o'tkazdi.

"Yangi jamoaga kirishib ketishimda muammo bo'lmadi. Bu futbolchi uchun juda muhim. Meni klubda yaxshi kutib olishdi, ayni paytida Avstriyada mavsum oldi mashg'ulotlarida ishtirok etyapmiz. Tayyorgarliklar yomon emas. Kecha o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdim. Men bilan birga yana bitta yangi futbolchi debyutini o'tkazdi. Birinchi bo'limdan keyin hisob 0:0 edi, ikkinchi bo'limda esa 5:0 natijasi bilan g'alaba qozondik", - deydi Sardor Rashidov.


- Mashg'ulotlarda qanday o'zgarishni sezdingiz?

- Ko'pincha arab klubilarining mashg'ulotlari yuqori saviyada bo'lmasligi haqida aytishar edi. Ammo o'zim guvohi bo'ldimki, unday emas ekan. Barchasi yaxshi, Evropalik mutaxassislar o'z uslublarida jamoani kerak bo'lsa kuniga uch mahal mashg'ulot o'tkazishga undayaptilar.


- Xaviga qarshi o'yinni kutyapsizmi?

- To'g'risini aytsam ko'proq chempionatni boshlanishini kutyapman. Boisi jamoaning oldiga jiddiy maqsad qo'yilyapti.


- Jamoadagi legionerlarning munosabati qanday?

- Aynan ular bilan chiqishib ketishim oson bo'ldi.


- Til borasidagi muammoni qanday hal etyapsiz, tarjimon murabbiyning ko'rsatmalarini to'g'ri tushuntirib bera olyaptimi?

- Hozircha maydonda ishlatiladigan gaplarni o'rganib oldim. Sekin asta lug'atimni kengaytirib borishga harakat qilyapman. Hozircha tarjimonim bor va u as qotyapti.


- Avstriyada Franciyaning ikki klubiga qarshi o'ynashilar haqida xabar chiqdi, bu o'yinlarga qarshi tayyorgarlik qanday ketyapti?

- Kichik xatolik bo'lgan ko'rinadi. Biz Franciya klublariga qarshi emas, italiyaliklar bilan o'ynaymiz. Raqiblarimiz "Verona" va "Udineze" bo'ladi. Bu o'yinni nafaqat men, balki barcha jamoadoshlarim kutyapti. O'zimizni sinab olishimiz uchun ham juda muhim. 


- Yangi mavsumda Sizga omad tilaymiz!

- Rahmat, men ham o'z navbatida muxlislarimizning ishonchini oqlash uchun yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga vada beraman.


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика