So’nggi yangiliklar

14:47Париж-2024. Ўзбекистон эртага Доминикан Республикасига қарши кўк либосда ўйнайди  14 14:29Эндрик "Реал" 9-рақамда тўп тепмоқчи. Мбаппе 10-рақамни олгач, у ниятига етишига ишонмоқда  1 14:03Пеп "Милан"га имконият бой берилгач: "Ман Сити" бугун яхшироқ ўйнади"  1 13:36Рожерио Микале: "Мисрликларнинг жанговар руҳи Ўзбекистонни мағлуб этишда ҳал қилувчи роль ўйнади"   23 13:14"Барселона" араблардан максимал равишда кўпроқ пул ишлаб олмоқчи  2 12:46"Севилья" "Интер" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 12:19Тадич ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтадими? Унда "Ал Қодисия"дан таклиф бор  1 11:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси Тошкентда йиғин бошламоқда — Даврон Чориев сафга қайтди   2 11:34МЮ ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишга яқин турибди  3 11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  14 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  8 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  5 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  7 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  7

Sardor Rashidov: Termamizdagi omadsizlikni vaqtinchalik deb o'ylayman Yangiliklar

Sardor Rashidov: Termamizdagi omadsizlikni vaqtinchalik deb o'ylayman

O'zbekiston milliy jamoasi azosi Sardor Rashidov to'p surayotgan Al-Jayish klubi Qatar yulduzlar ligasining 6-turidan so'ng 16 ochko jamg'arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilib turibdi.

CHempionatning 4-turida Al-Jayish Al-Rayyan mehmoni bo'lib, durang (1:1) qayd etgandi. O'sha uchrashuvda Rashidov jamoadoshlari asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalarda alamli gol o'tkazib yuborib, tayyor g'alabani qo'ldan chiqarishdi. Biz mazkur o'yindan so'ng Sardor bilan bog'lanib, undan intervyu olgan edik. Biroz kech bo'lsada ana shu intervyuni etiboringizga havola qilamiz

- Al-Rayyanga qarshi kechgan uchrashuvning qo'shib berilgan daqiqalarida g'alabani qo'ldan chiqardinglar. Suhbatimiz avvalida shu o'yinga to'xtalib o'tsangiz.


- Ha, haqiqatan ham juda alamli natija bo'ldi. Bu bahsni murabbiyimiz bilan birgalikda tahlil qildik. Ochig'i, juda ranjidik. Agar mazkur o'yinda uch ochkoni qo'lga kiritganimizda, chempionat peshqadamiga aylanib olardik. Afsuski, bu imkoniyatni boy berdik. Lekin boshqa tomondan, mehmonda kuchli jamoadan bir ochko olish ham yomon natija emas. Hali oldinda o'yinlar juda ko'p. Yo'qotishlar o'rnini to'ldiramiz.

- Ikkinchi bo'limda zaxiraga olindingiz. Bu jarohat bilan bog'liq emasmi?

- Hech qanday jarohat yo'q. To'g'risi, murabbiyning bu qarorini tushunmadim. Ushbu masalada u bilan hali gaplashmadik. Balki hisobni saqlab qolish uchun shunday qilgandir yoki boshqa sababi bordir. Murabbiy bilan gaplashgach, holatga oydinlik kiritaman.

- Al-Jayish yangi mavsumni yaxshi boshladi. Klub oldiga aniq vazifa qo'yilganmi?


- Ushbu mavsum qanday musobaqada qatnashishimizdan qatiy nazar, barchasida g'olib bo'lishni maqsad qilganmiz. Afsuski, OCHLda bu vazifani uddalay olmadik, kamida finalga chiqishimiz kerak edi. Lekin shunga qaramay, klub rahbariyati Osiyoning to'rtta eng kuchli jamoasi safiga kirganimizni xursandchilik bilan qabul qildi. Endi bor etiborimizni Qatar chempioni bo'lishga qaratamiz.

- Sabri Lyamushi bilan munosabatlaringiz qanday?


- Kuchli va tajribali murabbiy. Bu mutaxassisni hurmat qilaman. O'z o'rnida, u ham menga ishonadi. Bir so'z bilan aytganda, munosabatlarimiz juda yaxshi.

- Al-Jayish OCHLning hal qiluvchi o'yinidan bebahra qoldi. Nima deb o'ylaysiz, yarim finalda Al-Ayn kuchlilik qildimi yoki Al-Jayish o'z xatosi evaziga ko'ra engildimi?

- Al-Ayn bilan o'yin taqdiri BAAda o'tgan birinchi uchrashuvda deyarli hal bo'lgandi. Afsuski, asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqada darvozamizdan uchinchi golni o'tkazib yubordik va u bizga qimmatga tushdi.

- Al-Jayish rahbariyati bu mag'lubiyatni qanday qabul qildi?


- O'sha o'yindan keyin klub mutasaddilari bizga minnatdorchilik bildirishdi. CHunki Al-Jayish tarixida hali bunday natija bo'lmagan ekan. Yarim finalga etib kelganimizni ijobiy holat sifatida qabul qilishdi va kelasi mavsum yanada yaxshiroq natijadan umidvor ekanliklarini bildirishdi.

- Qatardagi hayotingiz muxlislarga qiziq. Rafiqangiz ham siz bilan birgami? Har holda, yangi va yosh oilasizlar. Mahalliy sharoitga moslashib ketdinglarmi?


- Qatarda hayotimiz juda yaxshi. Barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Faqat futbol o'ynash kerak. Legioner nomini oqlash lozim. Rafiqam o'zim bilan birga. Termamiz yig'inlari paytida uni o'zim bilan birga Toshkentga olib boraman.

- Qatar termasining JCH-2018 3-saralash bosqichi doirasidagi o'yinda O'zbekiston milliy jamoasiga yutqazib qo'yganini mamlakatda qanday qabul qilishdi?


- Bunga unchalik jiddiy qarashmadi. Qatar jamoasi faqat bizga emas, Eron va Janubiy Koreya termalariga ham imkoniyatni boy berdi. SHundan so'ng bosh murabbiy almashdi. Bu o'zgarish esa tezda o'z samarasini berdi. Ular o'z maydonlarida Suriya termasini mag'lub etishdi.

- O'sha o'yin oldidan murabbiylar yoki futbolchilar milliy jamoamiz haqida sizdan malumot so'rashdimi?


- Yo'q, albatta. Menimcha, futbolda bunday tushuncha va holat bo'lmasa kerak. Mabodo, so'rashgan taqdirda ham, bunga rad javobini berishim aniq.

- Termamizni o'ta muhim uchrashuv kutib turibdi. 15 noyabr kuni o'tkaziladigan ushbu o'yin haqida nima deya olasiz? Koreyalik futbolchilarni mag'lub eta olamizmi?


- Harakat qilinsa, albatta, g'alaba qozonish mumkin. Agar to'g'ri taktika tanlasak, Janubiy Koreyadan ijobiy natija bilan qaytamiz. Buni barcha muxlislarimiz ham xohlashyapti. O'ylaymanki, bo'lajak bahsda g'alabali seriyamizni davom ettiramiz. Ishqibozlar bizga oxirigacha ishonib, qo'llab-quvvatlab turishsa, bas.

- Yil boshidagi Sardorni biroz yo'qotib qo'ygandekmiz. Gollar kamroqdek tuyulyapti. Buning sabablari nimada? Tahlil qilib ko'rdingizmi?


- Siz aytgandek, milliy jamoamizda gol urmay qo'ydim. Klubimda esa raqiblar darvozasini ishg'ol qilyapman. Mavsum boshlanganidan buyon 3ta to'p kiritdim. Termamizdagi omadsizlikni vaqtinchalik deb o'ylayman.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика