Sardor Rashidov Qatar kubogi uchrashuvida dubl qayd etdi
08 okt 2022 08:47
Yangiliklar


Sardor Rashidov Qatar kubogi uchrashuvida dubl qayd etdi
Hamyurtimiz Sardor Rashidov to'p tepayotgan "Umm Salal" jamoasi Qatar kubogi guruh bosqichi doirasida "Al Vakra" mehmoni bo'ldi.
Mazkur bahsda "Umm Salal" 5:3 hisobidagi g'alabaga erishdi. Etiborlisi, mehmonlarning ikkita goliga o'zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov mualliflik qildi.
Qatar kubogi. 4-tur.
"Al Vakra" - "Umm Salal" 3:5
Gollar: Saddiki 12 - 0:1, Xalifi 16 - 0:2, Mazid 19 - 1:2, Rashidov 42 - 1:3, Xassan 51 - 2:3, Rashidov 57 - 2:4, Xassan 65 - 3:4, SHeyx 90+3 - 3:5.
Malumot uchun, "Umm Salal" Qatar kubogi guruh bosqichidagi to'rtta uchrashuvdan so'ng 12 ochko jamg'argan holda peshqadam bo'lib turibdi. Guruhda dastlabki ikkita o'rinni egallagan jamoa yarim final bosqichiga yo'l oladi. Guruhdan 6 ta jamoa o'rin olgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar