Sardor Rashidov: "Hamma futbol o'ynashni o'rganib olgan"
04 sen 2015 00:14
Yangiliklar


Sardor Rashidov: "Hamma futbol o'ynashni o'rganib olgan"
O'zbekiston - Yaman (1:0) uchrashuvi yakunlanganidan so'ng terma jamoamiz vingeri Sardor Rashidov o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yin yaxshi kechdi. Yaman terma jamoasi ham kuchli o'ynadi. Umuman hamma jamoalar futbol o'ynashni o'rganib olishgan. Osiyoda futbol kuchaydi. Odatda kim ko'proq g'alaba qozonishni istasa, o'sha yutuqqa erishadi. O'yinim? Bizda hali mavsum boshlangani yo'q. Jismoniy jihatdan tayyorgarligim optimal holatda emas. Keyingi o'yinlarda muxlislarni xursand etishga harakat qilaman. Bugun jamoamiz ko'rsatgan o'yindan qoniqdim", - deydi Sardor Rashidov.
O’xshash yangiliklar
01:58
"Sirdaryo FA" bosh murabbiyi Abbos Maxstaliev: "Maqsadimiz – akademiya yoshlariga imkoniyat berish" 4

Fikrlar