Sardor Rashidov: "Guruhdan chiqishimizga ishonaman"
19 fev 2018 22:05
Yangiliklar
Sardor Rashidov: "Guruhdan chiqishimizga ishonaman"
Bugun Toshkentning "Lokomotiv" klubi OCHL 2-turi doirasida "Zob Ahan"ga safarda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuv yakunlanganidan so'ng "temiryo'lchilar" vingeri Sardor Rashidov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Zob Ahan" jamoasiga qarshi uchrashuv ancha qiyin kechdi. Odatda Eron jamoalari uyda ancha tajovuzkor o'yin namoyish etishadi. Raqibni qo'lga kiritilgan g'alaba bilan tabriklayman. Lekin bugungi mag'lubiyat "Lokomotiv" kurashni to'xtatganini anglatmaydi. Zero, oldinda o'yinlarimiz ko'p va nasib etsa, kelgusi bellashuvlarda g'alaba qozonib, nimchorak finalga yo'llanmani qo'lga kiritamiz", - dedi Rashidov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Бенфика" дарвозабони 98-дақиқада гол уриб, "Реал"га ҳам, ўз жамоасига ҳам плей-оффни "кафолатлади"
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
ЕЧЛ. Кейинги босқичга чиққан барча жамоалар номи маълум
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Fikrlar