Sardor Rahmonov: “Ramziy terma jamoaga kiraman deb o'ylamagandim”
05 avg 2014 16:54
Yangiliklar
Sardor Rahmonov: “Ramziy terma jamoaga kiraman deb o'ylamagandim”
Xabaringiz bor, 14-tur ramziy terma jamoasidan Farg'onaning “Neftchi” klubi himoyachisi Sardor Rahmonov ham joy oldi.
Yangierlik futbolchi yil boshida “Neftchi” mashg'ulotlarida ishtirok etgan, biroq keyinchalik Vadim Abramov uni qaytarib olgandi. Davralar oralig'ida yosh himoyachi baribir “Neftchi” safiga borib qo'shildi. To'g'rirog'i, “Lokomotiv” uni yarim yilga ijaraga berdi. Sardor Rahmonov bilan suhbatlashganimizda ramziy termaga kirishini umuman kutmaganini aytib o'tdi.
- Sardor, 14-tur ramziy terma jamoasiga kirganing bilan tabriklaymiz.
- Rahmat. To'g'risini aytsam, kutmagandim. Championat.asia saytini doim kuzatib boraman, bo'sh vaqtim bo'ldi deguncha saytga kirib xabarlarni o'qib turaman. Sayt xodimlari oliy liganing har bir turidan so'ng ramziy terma jamoani tuzib chiqishyapti va buni doim kuzatib kelganman. Lekin o'zim ham kiraman deb o'ylamagandim. “Neftchi” tarkibida endi bitta uchrashuv o'tkazdim, o'yinim yoqqan bo'lsa xursandman.
- “Buxoro”ga qarshi bahs qanday kechdi?
- Birinchi taymda har ikkala jamoa bir-birini o'rganishga harakat qildi. Lekin o'yinning ikkinchi bo'limi ancha qiziq o'tdi. “Neftchi”yam bor kuchi bilan harakat qildi, lekin omad biz tomonda bo'ldi.
- Sen himoyachisan, raqib hujumchilaridan kim tashvish tug'dirdi?
- Meni bosh murabbiy markaziy himoyada o'ynatdi. Ruslan Melzitdinov bilan tandem bo'lib o'ynadik. Men alohida bir o'yinchini “yopganim” yo'q, shunday bo'lsa-da, Otabek Isroilov yaxshi harakat qildi, shuningdek ularning ikkita legoneri ajralib turdi.
- “Neftchi”ga moslashib ketishing qiyin kechmagan bo'lsa kerak, har holda mavsum boshida ham borganding?
- Yo'q, unchalik qiyin kechgani yo'q. Bu erda o'zimni begonadek his qilayotganim yo'q. “Lokomotiv” meni yarim yilga ijaraga berdi, endi farg'onaliklar safida o'zimni ko'rsatmoqchiman.
X.Xoliqov suhbatlashdi.

Fikrlar