Sardor Rahmonov: “Neftchi” rahbariyati vadasini bajarsa klubda qolaman”
26 jan 2017 19:21
Yangiliklar
Sardor Rahmonov: “Neftchi” rahbariyati vadasini bajarsa klubda qolaman”
Futbolchining o'zi ushbu xabarni rost ekanini tasdiqladi va o'z fikrlarini bildirdi.
“To'g'ri, hozir Muborakning “Mashal” jamoasi safida mashg'ulot o'tkazyapman. Lekin hujjatlarim “Neftchi”da, ular meni qo'yib yuborishgani yo'q. Ertaga “Neftchi” bosh murabbiyi Andrey Fyodorov kelsa barchasi aniq bo'ladi. “Mashal” jamoasi bilan o'rtamizda kelishuv bor. Lekin barchasi “Neftchi” rahbariyatiga bog'liq. Ammo “Neftchi” bilan shartnoma borasida kelisha olmayapman.
Murabbiylar shtabi jamoada qolishimni istashmoqda. Rahbariyat bilan kelisha olmaganim uchun klub bilan birga emasman. “Neftchi” bilan shartnomam bor, lekin rahbariyat vada qilgan narsani bajarmayapti. Bu erda moliyaviy tomondan emas, balki boshqa narsalar nazarda tutilmoqda. Bu nima ekanligini aytolmayman. Agarda rahbariyat bergan vadasini ustidan chiqsa “Neftchi”da qolishim mumkin. barchasi 1-2 kunda xal bo'ladi. Farg'onalik muxlislar meni noto'g'ri tushunishmoqda, men ularni hurmat qilaman”, - deydi Sardor Rahmonov.
Fikrlar