So’nggi yangiliklar

01:21МЮ янги устози: "Манчестер Сити" - дунёнинг энг яхши жамоаси, Гвардиола эса энг яхши мураббий"  0 01:01ЭЛИТ ОЧЛ. Неймар яна жароҳат олди, "Ал Ҳилол" йирик ғалабага эришди  5 00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  3 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  5 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8

Sardor Rahmonov: “Mashal” shu yilning o'zida Superligaga qaytishi shart” Yangiliklar

Sardor Rahmonov: “Mashal” shu yilning o'zida Superligaga qaytishi shart”

O'tgan mavsum oliy ligada 7-o'rinni olgan Muborakning “Mashal” klubi O'FA ijroqo'mi qaroriga ko'ra 2018 yilni PRO-ligada o'tkazmoqda.

Quyi ligada 7ta turdan so'ng  “Mashal” klubi 13 ochko bilan musobaqa peshqadami bo'lib turibdi. Biz jamoa himoyachisi Sardor Rahmonovning fikrlari bilan qiziqdik.

“Mashal” aslida bu mavsum Superligada o'ynashi kerak edi. Biroq O'FA ijroqo'mi qaroriga ko'ra klub quyi ligaga tushirib yuborildi. Futbolchilar buni qanday qabul qilishgani borasida Rahmonov shunday fikrlarni bildirdi.  

O'tgan mavsum oliy ligada 7-o'rinni olib quyi ligaga tushib ketish biz uchun juda og'ir zarba bo'ldi. Futbolchilar nima qilishlarini bilmay qolishdi. Ikki oy davomida murabbiylar tinimsiz futbolchilar bilan ishlashdi va ularning ruhiy holatini yaxshilashga urinishdi. Yigitlarga o'zlariga kuch topa olishganiga rahmat aytaman. Biz o'z oldimizga qo'yilgan vazifani bajarib shu yilning o'zida kuchlilar safiga qaytishimizga ishonaman. Nima bo'lsa ham o'tib ketdi. Endi bu mavsumda PRO-ligada birinchi o'rinni olish va Superligaga qaytishimiz kerak. Boshqacha bo'lishi mumkin emas.

O'z oldiga Superligaga qaytish vazifasini qo'ygan “gazchilar” chempionatni mag'lubiyat bilan boshlashdi. Bu borada himoyachi quyidagilarni aytib o'tdi.

Mavsum "Mashal" uchun mag'lubiyat bilan boshlandi. PRO-ligadagi 1-turni safarda "Andijon"ga qarshi o'tkazib, yutqazib qo'ydik. Albatta barchamiz o'sha o'yindan keyin tushkun kayfiyatda edik. Ammo tezda o'zimizga keldik va ijobiy natijalarni qo'lga kirita boshladik. SHukurki tezda musobaqa jadvalida birinchi o'ringa chiqib oldik. Ammo hali mavsum uzoq davom etadi. Hozirdan aniq fikr bildirmagan bo'lar edim. SHunday o'ynashda va ochkolar jamg'arishda davom etishimiz kerak.


“Mashal” mavsumni PRO-ligada boshlashi aniq bo'lgach bir qator futbolchilar jamoani tark etishdi. Kimdir ijaraga berildi, kimningdir shartnomasi tugab boshqa jamoaga ketdi. Ularning ketishi jamoaga pand bermaydimi? Bunga Sardor quyidagicha javob berdi.

To'g'ri bir qator futbolchilarimiz boshqa klublarga o'tib ketishdi. Bunga o'ziga yarasha sabablar bor edi. Bilasiz, PRO-liga reglamentiga ko'ra tarkibda ikki nafar yosh futbolchini o'ynatish shart. Bundan tashqari PRO-ligada Superligadagidek 40 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkazib bo'lmaydi. SHu boisdan ham Javohir Ilyosov, Zafar To'raev va Iskandar SHoyqulov kabi etakchilar ijara asosida boshqa klubga ketishdi. Nasib qilsa Superligaga qaytsak ijara berilgan o'yinchilar yana "Mashal"ga qaytishadi. Ketganlarning o'rnini bosadigan futbolchilar etarli.

Qishda, hali Muborak klubi Superligadan tushib ketishi malum bo'lmagan paytda makedoniyalik Jalil Asani ko'rikka taklif etilgandi. Klub PRO-ligada o'ynashi elon qilinganidan keyin ham Asani jamoada olib qolindi. Makedoniyalik futbolchi haqida Rahmonovning fikrlari biz uchun qiziq bo'ldi.

Jalil Asani ko'plab futbolchilarga o'rnak bo'ladigan legioner. U sekin-sekin jamoaga va o'zbek futboliga moslashib bormoqda. Muloqotda muammo bo'lmayapti. U qolgan futbolchilar va murabbiylar bilan rus tilida muloqot qilmoqda.

“Mashal” PRO-liganing 7-turini o'z maydonida Termizning “Surxon” klubiga qarshi o'tkazib 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuv juda keskin o'tdi. Bu o'yinda maydonga tushgan himoyachi bahs qanday o'tgani haqida to'xtalib o'tdi.

"Surxon"ning ham maqsadi xuddi biz kabi Superligaga chiqish. Juda qiziqarli o'yin bo'ldi. Raqib safida kuchli klublarda va O'zbekiston terma jamoasida o'ynagan Farhod Tojiev, Islom Inomov kabi futbolchilar to'p tepishmoqda. Klubni taniqli murabbiy Dilshod Nuraliev boshqarib bormoqda. O'sha o'yinda raqib ham, biz ham yutishimiz mumkin edi. So'nggi daqiqalarda Humoyun Murtazoev gol urib bizga g'alaba keltirdi.

Xabaringiz bor, 2018 yilgi O'zbekiston kubogi formati xuddi Angliyada bo'lgani kabi “ko'r qura” mexanizmi asosida o'tadigan bo'ldi. Buning samarasi o'laroq “Mashal” 1/8 finalni o'z maydonida PRO-liganing boshqa bir klubi “Surxon”ga qarshi o'tkazadigan bo'ldi. Mamlakat kubogi haqida Rahmonovning fikrlari quyidagicha bo'ldi.

O'zbekiston kubogi 1/16 finalida biz o'z uyimizda Farg'onaning "Istiqlol"klubini qabul qildik. O'sha uchrashuvda g'olib bo'lgach rahbariyat imkon qadar uzoqqa borishimiz kerakligini aytdi. O'ylashimcha yarim finalga chiqishga bemalol kuchimiz etadi. Kubok formati o'zgargani shaxsan menga maqul keldi. CHunki endi birinchi liga klublarida ham uzoqroqqa borish uchun ko'proq imkoniyat bo'ladi deb o'ylayman. Qizig'i kubokning nimchorak finalida yana "Surxon" bilan o'ynaymiz. Mazkur bahsda ham g'olib bo'lish va chorak finalga chiqishni istaymiz. Ammo bu safar oldingidan ham qiyinroq o'yin bo'lishiga shubham yo'q.


Jamoasi quyi ligada o'ynayotgan bo'lsa ham Superliga bahslariga beetibor bo'lish to'g'ri emas. Har holda keyingi yil “Mashal” baribir elitaga qaytishni istamoqda. SHunday esa himoyachi O'zbekiston Superligasi bahslarini kuzatayotishga vaqt topayotganini oddiy qabul qildik.

Superliga o'yinlarini imkon qadar kuzatib borayapman. To'g'ri bazi turlar PRO-liga bilan bir kunda o'tkazilmoqda. Bizda o'yin va mashg'ulotlar bo'lmayotgan paytda TV orqali Superliga o'yinlarni ko'rayapmiz. Menga bu mavsum "Buxoro" va "Metallurg" klublarining o'yinlari yoqmoqda. Umuman deyarli barcha jamoalar yaxshi o'ynashmoqda. Maydonda shiddatli kurash kechayotganiga guvohi bo'layapmiz.

Odatda klub quyi ligaga tushib ketsa o'z-o'zidan futbolchilarning maoshi va mukofot pullari kamaytiriladi. “Mashal”da qanday bo'ldi? Bu savolga ham Sardor ochiqchasiga javob berdi.

Jamoamiz PRO-ligada o'ynayotgan bo'lsa ham rahbariyat maoshlarni kamaytirgani yo'q. Superligadan tushib ketishimizga futbolchilarning aybi yo'qligini rahbarlar tushunib turishibdi. SHu bois klub rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman.

Yanvar oyida Xitoyda o'tgan U-23 Osiyo chempionatida ishtirok etgan “Mashal” darvozaboni Rahimjon Davronovni deyarli hech kim tanimas edi. Qita chempioni bo'lgach posbonda qandaydir o'zgarishlar sodir bo'lmadimi? Rahmonov shunday fikr bildirib o'tdi.

To'g'ri Rahimjon Davronov Osiyo chempionatiga ketishidan oldin muxlislar deyarli uni tanishmasdi. Lekin chempion bo'ldim deb havolanib ketgani yo'q. O'z ustida tinmay ishlamoqda. Javohir Ilyosov "Metallurg"ga ijaraga berilgach Rahimjon asosiy darvozabonga aylanib oldi.

26 may kuni Ukraina poytaxti Kiev shahrida Evropa chempionlar ligasi final uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda Ispaniyaning “Real” va Angliyaning “Liverpul” klublari to'qnash kelishadi. Mazkur bahsda Rahmonov qaysi jamoa yutishini ko'proq istaydi?

To'g'risini aytsam "Real"ga ham, "Liverpul"ga ham muxlis emasman. Men "Manchester Yunayted" muxlislik qilaman. SHu bois Kievda o'tadigan finalni neytral odam sifatida tomosha qilaman. Fikrimcha “Real” chempion bo'lishga haqli.

Iyun oyida esa Rossiya yashil maydonlarida futbol bo'yicha Jahon chempionati o'yinlari bo'lib o'tadi. O'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatlarida ishtirok etib qaytgan Rahmonov katta mundialda kimga muxlislik qilishi ko'pchilikka qiziq bo'lishi aniq.

Rossiyada o'tadigan Jahon chempionatida Braziliya va Angliya terma jamoalariga muxlislik qilaman. Ikkalasi ham finalga chiqa oladi. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin-ku.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика