So’nggi yangiliklar

09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  1 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  1 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  4 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  2 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  10 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  11 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0

Sardor Qobuljonov: “Neftchi”dan taklif bo'lishini kutdim. Lekin...” Yangiliklar

Sardor Qobuljonov: “Neftchi”dan taklif bo'lishini kutdim. Lekin...”

O'tgan mavsum “Neftchi” darvozasini qo'riqlagan Sardor Qobuljonov jamoani tark etdi.
Unga mamlaktimizning bir qator klublaridan takliflar bo'ldi. 28 yoshli darvozabon esa kuni-kecha “Lokomotiv” lagerida paydo bo'ldi. SHu munosabat bilan undan intervyu oldik.

- Dekabr oyida “Neftchi” mashg'ulotlarida ishtirok etayotgan edingiz. Lekin hozir sizni “Lokomotiv”da ko'ryapmiz. Buni qanday izohlaysiz?
- Hammasi oddiy. Farg'onaliklar bilan tuzgan shartnomam yakuniga etgandi. Keyin uni uzaytirish borasida, rahbariyat aniq taklif bilan chiqmadi. Bu paytga kelib oldimda 3-4ta variant bor turgandi.

- Yurtimizda darvozabonlar bilan bog'liq muammo asosiy o'ringa chiqqan bir paytda, nahotki “Neftchi” sizni olib qolish taklifi bilan chiqmagan bo'lsa?
- O'tgan oyda rahbariyat qabulida bo'lib, oldimda boshqa takliflar borligini aytgandim. SHunda klub raisi biroz kutib turishimni va 5 yanvar kuni aniq javob aytishini bildirdi. Hanuzgacha hech kim menga ko'ng'iroq qilmadi. Demak jamoaga kerak emasman. SHundan so'ng “Lokomotiv” safiga borib qo'shildim.

- Farg'onaliklar tarkibida qolishga qandaydir umid bormidi yoki jamoangizni o'zgartirishni rejlashtirganmidingiz?
- Yo'q, bu yil ham “Neftchi”da o'ynashni istagandim. CHunki jamoa menga yoqadi. Lekin futbolchining xayoti shunday. Buni to'g'ri tushunish kerak.

- “Neftchi”da o'tkazgan bir yillik faoliyatingizdan ko'nglingiz to'ldimi?
- Ha. Albatta o'sishga erishdim. Bu borada nolimayman. \

- Vodiy derbilarida ishtirok etish yoqdimi?
- SHubhasiz! “Andijon” va “Navbahor”ga qarshi o'yinlarda haqiqiy kurash kechdi. Muxlislar daldasi esa har qanday futbolchiga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Fursatdan foydalanib bizni qo'llab-quvvatlab turgan barcha ishqibozlarimizga minnatdorchilik bildiraman.

- “Lokomotiv”ni tanlashingizga ko'proq nima turtki berdi?
- Toshkent jamoasi bo'lgani uchun ham uyimga yaqin ekanligini inobatga oldim. Qolaversa bu jamoa OCHLda ishtirok etadi. Nufuzli turnirda har qanday futbolchi ishtirok etishni istaydi. SHu jumladan men ham.

- Jamoa bilan shartnoma tuzdingizmi?
- Yo'q. Hozir “Lokomotiv” mashg'ulotlarida ishtirok etayotgan bo'lsamda, bu jamoada qoldim degani emas. Hammasi BAAdagi yig'indan so'ng hal bo'ladi.

- Yangi jamoada Ignatiy Nesterov bilan raqobatlashishga tayyormisiz?
- Ha. Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi. Agarda bundan qo'rqqanimda sportchi bo'lmasdim. Qolaversa Vadim Abramov kim kuchliroq bo'lsa o'shani maydonga tushiradi. Ayni paytda hamma klubda ham o'ziga yarasha raqobat mavjud.

- Agarda BAAdan qaytib kelingach, “Loko” murabbiylari o'zingizga boshqa jamoa topishingizni aytsachi?
- Bilasizmi men bu borada tavakkal qaror qildim. Buning uchun albatta xorij yig'inida astoydil ishlab, o'zimni ko'rsatmoqchiman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика