Sardor "Paxtakor"da qoladi
15 dek 2022 12:45
Yangiliklar


Sardor "Paxtakor"da qoladi
O'zbekistonning amaldagi chempioni tajribali futbolchilarni saqlab qolishga harakat qilyapti.
Oldinroq Eldor Suyunov bilan shartnoma uzaytirilgan bo'lsa, endi jamoa yarim himoyachisi Sardor Sobirxo'jaev bilan yangi shartnoma tuzildi. Tomonlar 2 yillik kelishuvga erishishgan. Bu haqda championat.asia jurnalisti Faxriddin Ro'ziev xabar beryapti.
Malumot uchun, 28 yoshli yarim himoyachi 2022 yilda "sherlar" libosini 33ta rasmiy o'yinda kiyib, 5 gol va 3ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U "Paxtakor" tarkibiga 2019 yilda qo'shilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar