So’nggi yangiliklar

02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  42 01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  3 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  6 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  6 22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  1 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  5 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  5 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  6 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  9 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  9 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  2 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  9

Sardor Mirzaev: "Hamma har xil holatda kelgani bois o'yin yaxshi chiqmadi" Yangiliklar

Sardor Mirzaev: "Hamma har xil holatda kelgani bois o'yin yaxshi chiqmadi"

O'zbekiston OTJ safida Iroqqa qarshi o'ynagan "Lokomotiv" yarim himoyachisi Sardor Mirzaev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- To'g'risi, bu jamoa qay tarzda yig'ilayotganini kelishdan avval bilmagandim. Bir kun oldin ushbu jamoaning ro'yxati chiqqach - bu OTJ ekanini bildim va uch nafar katta yoshli futbolchilar o'ynashi mumkin ekan. Men "Lokomotiv" bilan Minskda yig'inda edim. Kecha, yani 19 iyul kuni yurtimizga etib keldim. Kelgandan so'ng murabbiylar birinchi marta bunday bir kunlik yig'in bo'lib qolganini tushuntirishdi. Vatan uchun 1 kun bo'ladimi, yarim kun bo'ladimi o'ynash burchimiz va buni ado etdik. Tayyorgarlik, futbolchilar bir-birini yaxshi tushunib ketishlari uchun albatta 1 kun oz muddat. SHu bois bugun o'yinimiz u qadar chiqmadi. Ayni paytda barcha jamoalarda ikkinchi davraga tayyorgarlik ketayotgani bois, kimdir jismoniy taraflama shug'ullanmoqda, boshqalar to'p bilan. Hamma har xil holatda bu erga tashrif buyurdi. Bu esa o'yinga o'z tasirini ko'rsatdi. SHu taraflama o'yin qiyin kechdi. Ammo muhimi g'alaba qozondik. Yig'in davom etadimi? To'g'risi, hozircha hech narsani bilmayman. Mehmonxonaga borgandan so'ng hammasi malum bo'ladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика