Sardor Mirzaev: “Hali chorak finalga chiqmadik”
26 mar 2016 14:20
Yangiliklar
Sardor Mirzaev: “Hali chorak finalga chiqmadik”
- Birinchi liga jamoalariga qarshi o'ynash doim qiyin kechgan. CHunki istaysizmi-yo'qmi, futbolchi bunday bahslarga o'zini ruhan tayyorlashi mushkul. Uchrashuv haqida nima deyishim mumkin? Og'ir o'yin bo'lishi taxmin qilgandik va bu o'zini oqladi. Sababi, “UzDongJu” jamoasi ham bizga jiddiy qarshilik ko'rsatdi. Ayniqsa, birinchi bo'limda o'z uyinimizni ko'rsata olmadik. Ammo tanaffusdan keyin tajriba o'z so'zini aytib, g'alabani o'z tomonimizga og'dirishning uddasidan chiqdik. Aytishim kerak, maydonning holati ham o'yinga tasir qilib, jamoalarning saviyasini qisman tenglashtirib qo'ydi.
Fikrimcha, birinchi ligada hali mavsum boshlanmagani ham raqibning o'yinida sezilib turdi. Bu ayniqsa, ikkinchi bo'limda sezildi. Bilasiz, biz uchun mavsum boshlanganiga ancha bo'ldi, jamoada etarlicha o'yin amaliyoti bor.
Garchi birinchi uchrashuvni safarda o'tkazib yirik hisobda yutqazgan bo'lsak-da, oldinda javob o'yini bor. O'sha bellashuvda ham o'zimizga kerakli natijaga erishganimizdan keyingina chorak finalga chiqdik, deb bemalol ayta olamiz, - deydi Mirzaev.
Furqatbek Nishonov suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar