So’nggi yangiliklar

10:05Илёс Зейтуллаев: "Жамоам борини бериб ҳаракат қилмоқда"  0 09:40Жавоҳир Илёсов: "Бугун 18 ёшга тўлдим. Ҳар доим оиламдагилар биринчи табриклашади"  2 09:15Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  95 08:50Бобур Йўлдошев: “Мавсумни яхши ниятлар билан бошлаймиз, мухлислар ўтган йилгидан кўпроғини кутишади”  1 08:20Шаҳбоз Умаров: “Қозоғистон чемпионати ўсди, у ерни кучсиз деганларга Суперлигада ҳам ўзимни кўрсатмоқчиман”  0 07:50Фарғона вилояти ҳокими кубоги-2026. Чорак финалда қандай натижалар қайд этилди?  1 00:40Миржалол Қосимов: "Руминия ва Молдова клубларига қарши ўйнашни истамайман. Жамоани 13 нафар футболчи тарк этди"  3 00:21"Ғазалкент" "Динамо-2"ни мағлубиятга учратган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:15А Серия. "Наполи" ўн киши бўлиб 90+5 дақиқада гол урган ҳолда "Женоа"ни мағлуб этди  1 23:38Конате “Реал”га ўтадими?  5 22:39Ўртоқлик ўйинлари. “Хоразм”, “Нефтчи”, “Сурхон”, “Бухоро” ва “Қизилқум” Анталияда хориж клублари билан ўйинлар ўтказишди  3 22:12Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  47 22:07АПЛ. "Арсенал" ва "Челси" рақибларига 3 тадан гол урди, "Астон Вилла" эса яна очко йўқотди  5 21:27Ўртоқлик ўйини. “Пахтакор” “Қайрат” билан дуранг ўйнади  10 21:03Ўртоқлик ўйини. “Локомотив” Чехия жамоаси билан дуранг ўйнади  5

Sardor Mirzaev: "Gol urishimizni sezgandim" Yangiliklar

Sardor Mirzaev: "Gol urishimizni sezgandim"

Kecha U-22 olimpiya terma jamoamiz osiyo chempionatida Xitoy ustidan irodalai g'alabaga erishib, xalqimizga bir olam quvonch ulashdi.
To'g'ri, butun o'yin davomida ustunlik yigitlarimizda bo'ldi deya olmaymiz, lekin eng asosiysi turnir biz uchun omadli boshlandi va tabiiyki uch ochko o'z hisobimizga yozdirib qo'ydik. O'yinga zaxiradan qo'shilgan Sardor Mirzaev hujumkorlikni oshishiga salmoqli hissa qo'sha oldi. SHu bois bahs poyoniga etgach, Mirzaevdan blic intervyu oldik.

- Sardor, avvalo qo'lga kiritilgan g'alaba bilan tabriklaymiz. Uchrashuv haqida qanday fikrdasiz?
- Tabrik uchun rahmat. O'zingiz ham ko'rgan bo'lsangiz kerak, uchrashuv juda qiyin kechdi. Turnirni g'alaba bilan boshlash ishtiyoqi bizda kuchli edi. SHuning uchun o'yin oxiriga qadar astoydil kurashdik. Guvohi bo'lganingizdek, yakunda irodali g'alabaga erishdik. Bundan hozir juda xursandmiz. Butun O'zbekiston xalqiga keyingi bahslarda ham mana shunday xursandchilik taqdim etishga, bor kuchimiz bilan xarakat qilamiz.

- Aslida Xitoydan qanday o'yin kutgandinglar?
- Bu jamoa oddiy raqib emasligini oldindan bilardik. Lekin jismoniy tayyorgarlikni inobatga olmaganda, ulardan har tomonlama ustun edik.

- Zaxiradan maydonga tushayotganingizda bosh murabbiy qanday ko'rsatma bergandi?

- Eng avvalo hujum tashkil etishda yordam berishim kerakligini uqtirgandi. Qolaversa himoyaga o'tib ham o'ynashim muhimligini takidladi.

- Uchrashuvga zaxiradan qo'shilishingiz bu oldindan rejalashtirilgan taktik sxema edimi yoki boshqa sababi bormi?
- Yo'q buni taktika deb bo'lmaydi. Murabbiy shuni xohladi. Balki bu uning oldindan qilingan rejasidir. Lekin men uchun qaysi vaqtda maydonga tushish u qadar muhim emas. Asosiysi vatan jamoasi uchun 1 daqiqa o'ynasam ham, bor kuchim bilan xarakat qilib, foydam tegishini istayman.

- Aynan nimaning evaziga Xitoyni mag'lub etdik deb hisoblaysiz?
- Bizni yigitlarda klass degan narsa kuchli. Aynan shuni hisobiga irodali g'alabaga erishdik.

- Faqat ochig'ini ayting, 0:1 hisobida yutqazayotgan paytda, uni g'alabaga aylantirib yuborishinglarga qanchalik ishongandiz?
- SHaxsan men maydonga chiqayotganimda gol urishimizni xis qildim. G'alaba yoki boshqa narsalarni sezmadim.

- Sizningcha, terma jamoamiz safida eng yaxshi o'yin ko'rsatgan futbolchi kim bo'ldi?
- G'alaba butun jamoaniki. Bunda biror-bir shaxsni alohida ko'rsatib o'tish qiyin. Maydonda to'p tepgan o'yinchilardan tortib, zaxiradagi futbolchilar va murabbiy shtabining xissa bor deb bilaman.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика