Sardor Mirzaev: "Bo'lajak ikkita o'yinda vaziyatni o'nglashimiz shart"
04 okt 2019 15:10
Yangiliklar


Sardor Mirzaev: "Bo'lajak ikkita o'yinda vaziyatni o'nglashimiz shart"
- "Mashg'ulotlar asosan to'p bilan o'tmoqda. Ko'pincha "kvadrat" hamda darvozaga zarba berishga asosiy etibor qaratilmoqda. Fikrimcha, o'zbekistonlik futbolchilar to'p bilan o'ynashni yoqtirishadi. Abramovning uslubi ham shunga monand. Umuman terma jamoamiz to'p bilan o'yinda o'zining kuchli taraflarini ishga solishi mumkin. O'zgarishlar yaxshi tarafga xizmat qiladi, deb o'ylayman. Bo'lajak ikki o'yin ko'p narsani ko'rsatib beradi. O'zbekiston terma jamoasi Yaman va Singapurga o'xshagan jamoalarni mag'lub etishi shart. Biz guruhdagi qiyin vaziyatdan chiqib ketishimiz kerak.
Mashg'ulotlarda quvnoq kayfiyat sezilmayapti? Bu narsa nimanidir bilan bog'liq deb o'ylamayman. Hamma o'z ishini qilmoqda. Tashqaridan muhit qanday ko'rinayotgani haqida biror narsa deya olmayman. Lekin ichkarida muhit yaxshi. Barcha o'zaro tanish futbolchilar. Balki terma jamoada muhit o'zgarganiga ko'pchilik boshqa narsaga chalg'imasdan asosiy etiborni mashg'ulotlarga qaratayotgani uchun shunaqa tuyulayotgandir", - deya terma jamoaning ikkinchi kungi mashg'ulotlaridan keyin Sardor Mirzaev o'z fikrlarini bildirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar