Sardor Eminov: "Neftchi"ga tezda qo'shilib ketdim"
29 jan 2016 12:00
Yangiliklar
Sardor Eminov: "Neftchi"ga tezda qo'shilib ketdim"
"Yangi mavsumga odatdagidek tayyorgarlik ko'rayapmiz. O'tgan yil mavsum tugagach Andrey Fyodorov menga taklif bilan chiqqandi. Dekabr oyida Farg'onadagi yig'inda qatnashdim. Toshkentda to'rtta o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazdik. Bu yig'inda murabbiylar ko'plab o'yinchilarni sinovdan o'tkazib olishdi. Bundan tashqari jismoniy yuklamalar bilan birga uchrashuvlar o'tkazish qiyin. Barcha yigitlar asta-sekin formaga kirib borishadi".
"Menimcha yangi chaqirilgan futbolchilarning barchasi o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatishga urinmoqda. SHular qatorida men ham jamoaga foydam tegishini ko'rsatmoqchiman".
"Andryoy Fyodorov tezkor hujumga o'tishga ko'proq etibor qaratadigan murabbiy ekan. Mashg'ulotlar va o'yinlarda buni sinovdan o'tkazdik. Kelayotgan mavsumda maqsadimiz yuqori o'rinlarni olish. Muxlislar qo'llab-quvvatlab turishsa g'alabalar albatta keladi", - deydi Sardor Eminov.
Fikrlar