So’nggi yangiliklar

11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  1 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  0 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  0 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  1 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  3 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  12

Sardor Azimov: "O'ylaymanki, bu Qo'qondagi oxirgi g'alabamiz bo'lmaydi" Yangiliklar

Sardor Azimov: "O'ylaymanki, bu Qo'qondagi oxirgi g'alabamiz bo'lmaydi"

Baxtiyor Ashurmatov murabbiyligidagi "Qo'qon-1912" jamoasi Superliganing 16-turida o'z maydonida "Surxon"ni mag'lub etdi (2:0).

Maydon egalari joriy mavsum hisobidan ilk bor o'z maydonlarida g'alabani tantana qilishdi. "Qo'qon-1912"ning gollariga Ivan Yosovich va Sardor Azimov mualliflik qildi. O'yindan so'ng ikkinchi gol muallifi Azimov saytimizga fikrlarini bildirdi. 

"Biz har bir o'yinga raqibdan kelib chiqib bir hil tayyorgarlik ko'ramiz. Superligada kuchsiz jamoa qolmagan. Har bir klub ochko uchun kurashmoqda. O'z maydonimizdagi uzoq kutilgan g'alabani qo'lga kiritganimizdan xursandmiz. O'ylaymanki bu oxirgisi bo'lmaydi. Yana g'alabalar qozonib muxlislar ishonchini qaytarishga harakat qilamiz. 

"Surxon" o'z o'yinini topib olganidan xabarimiz bor edi. Nazariy mashg'ulotlarda so'nggi uchrashuvlarini ko'rib diqqat bilan o'rganib chiqqandik. Murabbiylar ko'rsatmasini to'g'ri bajarganimiz samara berdi.

Ko'rgan bo'lsangiz oldingi bellashuvlarda ham kombinacion futbol ko'rsatayotgandik. Raqiblardan kelib chiqib murabbiylarimiz taktika tanlashadi. "Surxon" bilan bahsda standart vaziyatlardan foydalanishga urindik.

Golni noodatiy tarzda nishonlashni o'tgan mavsumdan boshladim. Joriy yilda ham buni davom ettirmoqdaman. CHunki Sanjarbek degan yosh ukam bor. Kupega kelsak, instagram ijtimoiy tarmog'ida Dili.me degan blogerni ko'pchilik yaxshi taniydi. Dastlab kuzata turib kupe o'yini yoqib qoldi. O'shanda men ham ko'rib amalga oshirish istagi paydo bo'ldi",- deydi Sardor Azimov. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика