So’nggi yangiliklar

07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  3 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  8 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0

Sardor Azimov: "Lokomotiv"ni ishtiyoq va xarakter evaziga mag'lub etdik” Yangiliklar

Sardor Azimov: "Lokomotiv"ni ishtiyoq va xarakter evaziga mag'lub etdik”

Superliganing 23-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Lokomotiv” (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlarning ikkinchi goli muallifi Sardor Azimovning fikrlariga quloq tutdik.

“Lokomotiv” bilan o'yin haqida

“Bugun qiziqarli va kurashlarga boy bahs bo'ldi. Biz “Lokomotiv” bilan oson o'yin bo'lmasligini bilardik va mashg'ulotlarda ushbu bellashuvga puhta tayyorgarlik ko'rdik. O'yin davomida ham tezroq harakat qilgan holda, imkoniyatlarimizdan foydalanishga urindik.

Qo'lga kiritilgan g'alaba borasida


“Biz har bir o'yinga raqibdan kelib chiqib bir xil tayyorgarlik ko'ramiz. Maydonga chiqdikmi, bir oila bo'lib harakat qilamiz. “Lokomotiv”ni muxlislarimiz qarshisida yutishni istadik. Bosh murabbiyimiz ham o'yin avvalida ortga yo'l yo'qligini va bugun yutmasak bo'lmasligini takidlagandi. Qisqasi, ishtiyoq va xarakter ko'rsatgan holda g'alaba qozondik.

G'alaba goli to'g'risida


“To'g'risi, o'yinda gol urishimni kutmagandim. Allohga shukrki, bugun gol urib, jamoam g'alabasiga hissa qo'shganimdan xursandman. Jamoadoshlarimsiz gol ura olmasdim.

Qolgan bahslar xususida

“CHempionat tugashiga 3 tur qoldi. Oldimizda jiddiy raqiblar kutmoqda. Mazkur bahslarga puhta tayyorgarlik ko'ramiz va mavsumni yuqori notada tugatmoqchimiz. Bu yo'lda bizga oson bo'lmasligi aniq. Lekin “Qo'qon-1912” so'nggi turlarga qadar ijobiy natijalar uchun kurashadi.



Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика