So’nggi yangiliklar

09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  1 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  5 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  5 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  4 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  21 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  3 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7 01:38А Серия. Шомуродовнинг голи "Рома"га "Верона" устидан ғалабани тақдим этди  40 01:36"Насаф" "Жар"да "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 01:25Лига 1. ПСЖ яна ғалаба қозонди. Жамоа 29 ўйиндан буён мағлуб бўлмаяпти (+жадвал)   2 00:50Суперлига. "Пахтакор" йирик, "Насаф" ишончли, "Машъал" эса минимал ҳисобда ғалаба қозонди  0 00:10"Бавария" Бундеслиганинг охирги ўринларида бораётган жамоа устидан йирик ғалабани қўлга киритди  1 00:03Виталий Левченко: "Рақиб бизни мағлуб этгани йўқ, биз ўзимиз ўйинни ютқазиб қўйдик..."  16

Sardor Abduraimov: "Raqobatdan qo'rqqanimda "Bunyodkor"ga bormagan bo'lardim" Yangiliklar

Sardor Abduraimov: "Raqobatdan qo'rqqanimda "Bunyodkor"ga bormagan bo'lardim"

Yil boshida "Bunyodkor" klubiga ko'chib o'tgan yarim himoyachi Sardor Abduraimov "Surxon" matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Sardorbek bugungi kunda nimalar bilan bandsiz?

- Asosan, hozir karantin sababli uydaman. Imkon qadar mashg'ulotni qo'ldan kelgancha uy sharoitida o'tkazayapman.

- Har bir futbolchining futbolga kirib kelishi ko'pchilikni qiziqtiradi. Sardor Abduraimov futbolchilik faoliyatini qachon boshlagan? Ilk murabbiyingiz kim bo'lgan?

- Futbol o'ynashni 1-sinfda boshlaganman. O'sha vaqtlari katta akam Botir Yangiboev ikkinchi ligada to'p surar edi. Akamni o'yinlariga qiziqib doim stadionga borib o'yinlarini kuzatardim va futbolga bo'lgan qiziqishim yanada ortdi. SHundan so'ng, 2006 yili Termizdagi futbol maktab internatiga borganman va o'sha erda tahsil olganman. Birinchi murabbiyim Otajon Avezov bo'lgan va keyinchalik «Mashal» akademiyasiga borganimda Boxodir SHaymardanov qo'l ostida shug'ullanganman. Lekin futbolga kirib kelishim va futboldagi ilk murabbiyim yoki sababchi inson, o'zimning katta akam Botir Yangiboev bo'lgan deb o'ylayman. CHunki, meni futbolga qiziqtirgan. Professional futbolga borishimdan oldin, to'p tepishlarni o'rgatib, men bilan doimiy mashg'ulotlar o'tkazib borgan aynan akam bo'ladi. Professional futboldagi ilk murabbiylarim esa yuqorida aytganimdek Otajon Avezov va Boxodir SHaymardonov bo'lgan.

- «Bunyodkor» jamoasida to'p surmoqdasiz. Vadim Abramov jamoasida milliy terma jamoaga nomzod, yosh va shijoatli futbolchilar ko'p. Siz ular bilan raqobatda qiynalmayabsizmi?

- Endi har bir jamoada raqobat bo'ladi. Raqobat bo'lgani yaxshi. Sababi, bu raqobat bizni o'sishimiz uchun foyda beradi. «Bunyodkor» jamoasiga shunchaki borganim yo'q. Xudo xohlasa o'z o'rnimga ega bo'lib, milliy terma jamoaning ham ishongan o'yinchilaridan biri bo'lishga astoydil harakat qilaman. Menga «Bunyodkor»dek yosh jamoa bilan ishlash yoqayapti. Tarkibimizda deyarli barcha futbolchilar yosh va barchasi milliy terma jamoaga tushish uchun astoydil harakat qiladi. SHunaqa joyda o'sish bo'ladi deb o'ylayman. SHuning uchun, qiyinchilik bo'lsa ham, engib o'ta olaman deyman. Raqobatdan qo'rqqanimda «Bunyodkor»ga bormagan bo'lardim.

- Nega aynan «Bunyodkor» jamoasiga o'tishga qaror qildingiz? «Surxon» jamoasidan ham taklif bo'ldimi?

- «Bunyodkor»ga o'tish bu faqat o'zimning qarorim bo'lgani yo'q. «Mashal» jamoasi ham katta rol o'ynadi. Ikkinchidan «Mashal» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanaman va «Mashal» jamoasi bilan 2022 yilgacha shartnomam mavjud. SHu sababli, «Bunyodkor» jamoasiga ijara asosida o'tdim. «Surxon» jamoasiga keladigan bo'lsak, shu paytgacha hali «Surxon» jamoasidan biror - bir jiddiy taklif bo'lmagan. Yana ham aniqroq qilib aytsam, umuman taklif bo'lmagan. «Surxon» 2018 yil Pro ligada o'ynagan paytda bir marta taklif qilishgan. O'rtada nima bo'lganini bilmayman, bazi sabablarga ko'ra ish oxirigacha bormagan. SHundan so'ng, hozirgi vaqtga qadar «Surxon» jamoasidan jiddiy taklif bo'lgani yo'q.

- «Bunyodkor» jamoasiga aynan sizni kim taklif qildi?

- «Bunyodkor» jamoasiga meni aynan qaysi inson chaqirganini bilmayman. CHunki, «Mashal» klubi vice-prezidenti Ilxom Qurbonov menga telefon qilib, «Bunyodkor» jamoasidan qiziqish bo'layotganini aytdi. Menga taklifni o'ylab ko'rishni tavsiya qildilar. Asosan ko'proq Ulug'bek Mirzaev va Marat Mustaxatdinov biz bilan aloqada bo'lib turdi. Menimcha, aniq bilmayman shu insonlar ko'proq qiziqish bildirishgan bo'lsa kerak.

- «Surxon» jamoasi o'yinlarini ham kuzatib borasizmi? Sizningcha, «Surxon» jamoasining kuchli va kuchsiz jihatlari nimada? «Surxon» jamoasida ham to'p surish niyatingiz bormi?

- Imkon qadar «Surxon» jamoasi o'yinlarini kuzatib boraman. Agar bizni o'yinga to'g'ri kelib qolmasa, iloji boricha stadionga kelib, tomosha qilishga harakat qilaman. «Surxon» jamoasini kuchli jihati, menicha jamoani kuchsiz jihati bor deb o'ylamayman. Har tomonlama yaxshi va kuchli jamoa. Alohida biror bir kuchsiz joyi bor deb o'ylamayman. «Surxon» jamoasida albatta o'ynash niyatim bor. Nega bo'lmasligi kerak ekan? O'zim tug'ilib o'sgan joy. Kelajakda o'ynash niyatim bor. Lekin «Surxon» jamoasida o'ynashni xohlardim.

- Siz tajribali murabbiylar Vadim Abramov va Ro'ziqul Berdievlar qo'l ostida to'p surdingiz. Ushbu ikkala murabbiy bir-birlaridan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?

- Ikkala murabbiy ham kuchli murabbiy hisoblanadi. Yoshlar bilan qanday ishlashni biladi. Qaerda va qaysi payt nima deyish kerak ekanligini biladi. SHuningdek, har ikkalasi ham qattiq qo'l murabbiy hisoblanadi. Tartib-intizomni yaxshi ko'radi. Farqi jixatida gapirsam, ikkalasining ishlash uslubi ikki xil. Ko'pchilik ikkala murabbiyning uslubi bir-biriga o'xshaydi deydi. Lekin bir-biridan farq qiladi deb o'ylayman. «Bunyokor»ning o'yin uslubi va «Nasaf»ning o'yin uslubi umuman boshqacha. Bir so'z bilan aytganda, ikkalasi ham kuchli murabbiy.

- Yaxshi bilamiz, siz bugungi kundagi o'zbek futbolining eng yaxshi futbolchilaridan biri Eldor SHomurodov bilan bir tumanda yani Jarqo'rg'onda isteqomat qilasizlar. Eldor bilan munosabatlaringiz qanday?

- To'g'ri, biz Eldor SHomurodov bilan bir tumanda yani Jarqo'rg'onda yashaymiz. Eldor bilan qalin do'stmiz. Yoshligimizdan birga katta bo'lganmiz. «Mashal» akademiyasiga ham birga borganmiz. Telefon orqli doimiy suhbatlashib turamiz. Uyiga kelganda uyiga borib ancha suhbatlashamiz. Birga mashg'ulotlar qilamiz. Qisqa qilib aytganda, munosabatlarimiz alo darajada. Hozir u Rossiya davlatida bo'lishiga qaramasdan ijtimoiy tarmoqlar orqali suhbatlashib turamiz.

- Futbolchilik faoliyatingiz davomida qiyinchilikka uchragan paytlaringiz bo'lganmi? Masalan, Odil Axmedov intervyularining birida kiyishga butsasi bo'lmaganligi va shunga o'xshash holatlar sizda ham bo'lganmi?

- To'g'risini aytaman futbolchilik paytimda ko'plab qiyinchiliklar bo'lgan. Futbolga kirib kelish oson emas. Qiyinchilikga uchramagan futbolchilar juda ham kam bo'lsa kerak. Futbol maktab internatga borayotganimda oyog'imda kiyishga butsa bo'lmagan. Otam keyinchalik butsa olib bergan. O'sha butsa ham kiyilgan bo'lgan. Iloji boricha asrab avaylab, yirtilsa yana qaytadan tikib kiyganman. «Mashal» akademiyasida borganimda ham professional futbolchilarni butsalarni ko'rib xavasim kelardi, o'zimni butsamga esa achinib ketardim. Ishonasizmi, uyalganimdan oyoqlarimni yashirib turardim. SHundan boshqa butsam yo'q edi. Xudoga shukr qilaman, hammasini mehnat qilib, sabr qilib engib o'tdim va barchasi ortda qoldi. Buning barchasi mehnatning samarasi deb o'ylayman.

- Futbolchilik faoliyatingizni tugatgach, murabbiy bo'lasizmi?

- To'g'risini aytsam, hali bu haqda o'ylab ko'rmadim. CHunki, hozir bor etiborimni futbolga qaratganman. Futboldan keyingi hayotimni hal qilishga hali ozroq vatq bor deb o'ylayman. Hozir bor etibor va hayolim yanada mehnat qilib, milliy terma jamoadan chaqiruv olishni, jaxon chempionatiga chiqishda o'zimni hissamni qo'shishni, eng yaxshi o'yinchilardan biri bo'lishni xohlayman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика