Sardiniyaga sayohat boshlanmoqda!
21 avg 2023 17:40
Yangiliklar
Xabaringiz bor, O'zbekiston terma jamoasi etakchisi yangi mavsumni "Kalyari" saifda boshlaydi. Bugun SHomurodovning yangi jamoasi A Seriyaning 1-turi doirasida "Torino"ga qarshi maydonga tushadi. Qiziq tomoni, "Roma"dan ketishi kutilayotgan SHomurodovga "Torino" ham qiziqish bildirgandi, ammo yakunda bu kelishuv amalga oshmadi va Eldor "Kalyari" safida o'z sport formasini tiklab olishiga umid qilamiz.
Torino |
Serie A . 1-tur 21/08/2023, 22:30 0
:
0
Tugadi
|
Cagliari |
Stadion: Stadio Olimpico Grande Torino, 20296 tomoshabin
Bosh hakam: Francesco Cosso
Bugun siz bilan Kalyari shahri, jamoasi, bosh murabbiy va tarkibdagilar hamda yangi mavsumdan nimalar kutish o'rinli ekanligi haqida gaplashamiz.
SHahar
Kalyari - Sardiniya orolida joylashgan shahar. Bu orolning eng katta shahari hisoblanadi, uning nomi esa "qala"dan kelib chiqqan. 1949 yilda Kalyari rasman Italiya respublikasining Sardiniya avtonom viloyati poytaxti sifatida elon qilinadi. SHahar aholisi 160 ming nafar insonni tashkil qiladi, SHahar oldi hududi bilan qo'shganda bu ko'rsatkich 400 mingga etadi. SHahar o'rta er dengizining muhim savdo markazi bo'lib, Italiyaning eng nufuzli kurortlaridan biri hisoblanadi.
Jamoa
"Kalyari" Italiya o'lchovlarida olsak, u qadar qadimiy jamoa emas. Klubga 1920 yilda asos solingan va juda uzoq vaqt quyi ligalarda ishtirok etib kelgan. Sababi orolda futbolga bo'lgan etibor u qadar yuqori darajada bo'lmagan. Ilk bor "Kalyari" 1964 yilda A Seriyaga chiqqan va 7-o'rinni egallagan. 1969 yilda jamoa 2-o'rinni band etadi, yana bir yil o'tib, tarixiida ilk bor "skudetto"ni qo'lga kiritdi. U paytlar jamoa safida afsonaviy Luiji Riva poralagang davrlar edi. Afsus, "Kalyari" ertaga uzoq davom etmadi, oradan 5 yil o'tib, klub A Seriyadan tushib ketadi. Elitaga qaytishni esa muxlislar 1988 yilgacha kutishiga to'g'ri keldi. Bu natijada erishgan jamoa bosh murabbiyi esa yosh va kelajagi porloq deyilayotgan Klaudio Raneri edi.
O'tgan vaqt davomida klub A Seriyadan bir necha bor tushib ketdi va qaytdi. Elitada uzoq vaqt joyini saqlab qolishga Sardiniya klubi hozircha erisha olmayapti. O'z navbatida jamoaning principial raqiblari bor — "Kataniya", "Messina" va "Palermo". Ushbu jamoalarning "Kalyari" bilan to'qnashuvini italiyaliklar sardino-siciliya derbisi deb atashadi.
O'tgan mavsum
Jamoa B Seriyada qishgacha o'z o'yini topa olmay qiynaldi va A Seriyaga chiqish imkoniyatlari u qadar yuqori baholanmagandi. Yanvar oyida esa kutilmaganda, jamoa boshqaruvi Klaudio Raneriga topshirildi. Tajribali murabbiy jamoani uyg'ota oldi va yakunda 5-o'rin band etildi. Pley-off bosqichidagi ishtirokdan qoyil qolmay iloj yo'q. Muhim oraliqda jamoa "Veneciya", "Parma" va "Bari"ni engib A Seriyaga qaytdi. Raneri jamoaning himoyasida tartib o'rnatishga va hujumchilarni yangi qirralari ochilishiga sababchi bo'ldi. Takidlash lozim, "Kalyari" qolganlardan farqli ravishda pley-off bosqichida birinchi raqam bo'lib, o'z o'yinini o'tkazishga urinib o'ynadi.
Bosh murabbiy
"Kalyari"ning bugungi kundagi bosh murabbiyi Klaudio Raneri ekanligida o'zgacha bir mano bor. Qachonlardir aynan u "Kalyari"ni S1 Seriyadan A Seriyagacha olib kelgan. Yosh italiyalik murabbiy uchun, yana u paytlarda bunaqasi deyarli yo'q edi. Tajribali mutaxassis "Kalyari" u uchun oxirgi klub bo'lishini malum qilib ulgurdi. Biroq Raneri shuni qo'shimcha qildiki, bu degani u tez orada ketmoqchi emas, u "Kalyari" bilan muvaffaqiyatga erishishiga ishonmoqda. Faoliyati davomida Italiya, Ispaniya, Greciya, Franciya va Angliyaning ko'plab klublarida ishlagan murabbiyning eng esda qolarli natijasi 2015/16-yilgi mavsumda, u kamtar "Lester" bilan APL chempioni bo'lganligi turgan gap. O'sha ertaknamo mavsum orqali Klaudio futbol ishqibozlariga imkoni yo'q narsaning o'zi yo'qligini eslatib qo'ydi.
Hozir sinor Klaudio 71 yoshda. Bunga qaramay, u hamon serquvvat, tinib-tinchimaydigan mutaxassis. Buni "Kalyari" bilan qayd etilgan so'nggi natijalar ham isbotlab turibdi. Aynan murabbiyning ulkan tajribasi jamoa mavsumning autsayderlaridan biri bo'lib qolmasligiga yordam berishiga ishonishmoqda Raneri faoliyati davomida shunchalik ko'p narsani ko'rganki, uni xayron qoldirib, yoki shoshirib qo'yishingiz deyarli imkonsiz.
Raqobatchilar
Bugungi kunda "Kalyari" tarkibida 4 ta hujumchi bor va bu primavera o'yinchilarisiz hisoblaganda. Ularning ichida birinchi navbatda Janluka Lapadullani ajratib ko'rsatish mumkin. 33 yoshli forvard B Seriyada 25 ta gol urdi. Biroq hozir u jarohatlangan va noyabr oyidagina safga qaytadi. SHuningdek, "Kalyari" safida, o'tgan mavsum 7 ta gol urgan yanada yoshi ulug' Leonardo Pavoletti va yosh iqtidor Zito Luvumbu ham bor. "Palermo"ga qarshi uchrashuvda hujumda Pavoletti-Oristano duetiga ishonch bildirildi, ammo Oristano sof hujumchi emas. Qo'shimchasiga, aynan Luvumbu va SHomurodov maydonga tushgach, jamoa o'yini ijobiy tomonga o'zgardi. To'g'ri, Eldorning raqobatchilari o'ta kuchsiz deb bo'lmaydi, lekin hamyurtimiz jamoaning asosiy hujumchisi bo'lishiga yaxshi imkoniyat mavjud, ayniqsa Lapadulla safda yo'qligida.
"Kalyari"dan yangi mavsumda nimalar kutish mumkin?
Oxirgi ikki mavsum SHomurodov uchun ochiqchasiga qiyin o'tdi, ayniqsa o'tgan mavsum qator sabablarga ko'ra, o'ta omadsiz bo'ldi. Eldor mavsum davomida bor yo'g'i 1 ta gol urdi va jamoasi A Seriyadan tushib ketdi. SHunga qaramay, Italiyada SHomurodovga qiziqayotganlar kam emas. Apennin yarim orolidagilar forvard ulkan salohiyatga ega deb bilishadi va uning mehnatkashligi, raqib himoyasini muntazam bosimda ushlab turishini qadrlashadi. "Speciya" avval boshidan noaniq tanlovdek tuyulgan bo'lsa, "Kalyari" aksincha, o'zbekistonlik futbolchi faoliyatini qayta jonlantirishi uchun ideal variant.
Eldor hujumkor futbolni xush ko'radigan juda tajribali va kuchli murabbiy qo'liga tushdi. Bu juda muhim, chunki o'sha "Speciya" bunday faktor bilan maqtana olmasdi. Raneri SHomurodovga ko'p imkon berishi aniq, ayniqsa hozir, Lapadulla jarohat sabab safda yo'qligida. Bu holatda yana imkon qadar tezroq gol urib olish muhim. Eldor o'ziga bo'lgan ishonchni his qilishi kerak. Ancha vaqt kutgan bo'lsada, "Roma"da va qisman "Speciya"da bu narsa yo'q edi.
Futbol "Kalyari" 4-4-2 yoki 4-4-1-1 sxemalarida o'ynashi mumkin, SHomurodov esa bu sxemaning oldi chizig'ida ham, duetda ham birdek foydali o'ynay oladi. Bir qancha vaqt o'tib SHomurodov-Luvumbu juftligi yaxshi natijalar bera boshlashi hech gap emas.
Umumiy qilib aytadigan bo'lsak, SHomurodov nihoyat o'zi uchun mos muhit va murabbiyni topdi. Sardiniyada u yana asosiy o'yinchiga aylanishi va futboldan zavq ola boshlashi mumkin. SHomurodovga jamoasi muvaffaqiyatlarga erishishini va bunga o'z gollari bilan hissa qo'shishini tilab qolamiz.
Sergey Rumyancev
Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi
Fikrlar